P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Iqtisodiyoti. Braziliya ulkan iqtisodiy salohiyati va tez o‘sib bo-
rayotgan ishlab chiqarish bilan ajralib turuvchi mamlakat. YIM hajmi 
bo‘yicha Braziliya jahonda 7-o‘rin egallaydi
(2018-y.). 
Braziliya sanoati so‘nggi yillarda barqa-
ror ravishda o‘sib bormoqda. Sanoatining 
eng muhim tarmoqlaridan biri metallur giya 
hisoblanadi. Jahondagi eng yirik temir ru-
dasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Je-
rays va Karajas katta iqtisodiy ahamiyatga 
ega.
96-rasm. 
Amazoniya o‘rmonlari.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


165
Mashinasozlik tarmoqlaridan Brazi-
liyada avtomobilsozlik, samolyotsozlik, 
kemasozlik yaxshi rivojlangan. Mamla-
katda mikro elektronika, radiotelemexa-
nika, asbobsozlik kabi tarmoqlar katta 
yutuqlarga ega. 
Braziliya elektr energiyasini ishlab 
chiqarish bo‘yicha jahonning birinchi 
o‘ntaligiga kiradi. Mamlakat elektr ener-
getikasida GESlarning o‘rni katta. Itaypu, 
Tukurai, Ksindo jahondagi eng yirik GESlar qatoriga kiradi.
Braziliya bioyoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda AQSHdan ke-
yingi ikkinchi o‘rinda turadi. Braziliyada bu mahsulot shakarqamishni 
qayta ishlash asosida ishlab chiqariladi. Avtotransport vositalarining asosiy 
qismi aynan bioyoqilg‘i (etanol)dan foydalanib ishlaydi. 
Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilik tovar ahamiyatiga 
egaligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda donli ekinlar, kofe, shakar-
qamish, paxta, soya, tamaki, banan yetishtirish muhim ahamiyatga ega. 
Brazi liya shakar, kofe, soya va tamakining eksporti bo‘yicha jahonda 
birin chi o‘rinda turadi. Chorvachilikda go‘sht qoramolchiligi va parran-
dachilik yuqori darajada rivojlangan. Braziliya go‘sht ishlab chiqarish va 
eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.
1. Braziliyaning iqlimi mamlakatning tabiiy resurs salohiyatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
2. Braziliyaning qaysi qismlarida aholi eng zich va eng siyrak joylashgan? 
3. Braziliya elektr energetikasiga qanday xususiyat xos?
4. Mamlakat sanoati va qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi va unga ta’sir 
ko‘rsatgan omillarni tavsiflang.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling