P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Tabiiy sharoiti va resurslari


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130
Tabiiy sharoiti va resurslari. Braziliyaning hududi qadimgi Janubiy 
Amerika platformasida joylashgan. Shuning uchun relyefi pasttekislik va 
95-rasm.
Jahondagi eng baland 
teleminora joylashgan Toronto 
shahri.
Maydoni – 8515,7 ming km
2
.
Aholisi (2018-y.) – 209,4 mln.
Poytaxti – Brazilia.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


164
yassitog‘liklardan iborat. Mamlakat shimolida katta maydonni Amazoni-
ya pasttekisligi egallaydi. Undan janubda kuchli par chalangan Braziliya 
yassitog‘ligi joylashgan. 
Braziliyada neft, ko‘mir, temir rudasi, boksit, nikel, uran, olmos va 
boshqa foydali qazilmalarning yirik konlari mavjud. 
Braziliyaning katta qismi ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqala-
rida joylashganligi sababli iqlim sharoitiga yuqori darajadagi namgarchilik 
va issiqlik xosdir.
Sernam iqlim tufayli Braziliyada gidrografik tarmoqlar yaxshi rivoj-
langan. Braziliya shimolidan jahonning eng sersuv daryosi – Amazonka 
o‘tadi. Amazonkaning havzasida jahondagi eng yirik va qalin o‘rmon 
massivlaridan biri shaklangan (96-rasm).
Aholisi. Braziliyada 209 mln. kishidan ortiq aholi yashaydi (2018-y.). 
Aholining tabiiy ko‘payishi yuqori emas, yillik hisobda 0,7–0,8 % ga teng. 
Braziliya – yuqori urbanizatsiyalashgan davlat. Shahar aholisining ulu-
shi 85 % dan yuqori. Braziliyada jahon miqyosida yirikligi bilan ajralib 
turadigan ikkita shahar – San-Paulu va Rio-de-Janeyro joylashgan (97-
rasm). 
Braziliyaliklarning irqiy tarkibida yevropaliklar va mulatlar ko‘pchilikni 
tashkil qiladi. Davlat tili va kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan til – 
portugal tili. Aholining diniy tarkibida katoliklar yetakchilik qiladi.
Mamlakatning Atlantika okeaniga tutash janubi-sharqiy qismi ja-
hondagi aholi eng zich joylashgan hududlardan biri bo‘lsa, Amazoniya 
o‘rmonlarida, aksincha, aholi juda siyrak joylashgan.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling