35
Paydo bo‘lish davriga ko‘ra dunyoviy dinlar
orasida eng yoshi hisob-
langan islom dini 1 mlrd 600 mln.dan ortiq e’tiqodchilarga egadir. 50 ta
davlat uchun davlat dini hisoblangan islom dini, asosan, Shimoliy Afrika,
Janubi-g‘arbiy, Markaziy, Janubiy, Janubi-sharqiy Osiyo hududlarida keng
tarqalgan. Uning sunniylik va shialik mazhablari mavjud.
Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoda (Xitoy, Yaponiya, Mongoliya va
boshqalar) asosiy e’tiqod manbayi bo‘lgan buddizm dini 700 mln.dan
ortiq e’tiqodchilarga ega. Uning maxayana, xinayana, lamaizm kabi maz-
hablari bor.
1. Umumiy soni 100 mln.dan oshgan millatlarning
hududiy tarqalish xusu-
siyatlarini aniqlang.
2. Dinlar geografik tarqalishida hududiy farqlar kelib chiqishiga qanday omillar
ta’sir ko‘rsatgan?
3. Hozirgi kunda sodda dinlar saqlanib qolgan hududlarni xaritadan ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: