44
Korporatsiyalarning bozor qiymati, yillik daromadi kabi ko‘rsatkichlari
ularning jahon reytingidagi o‘rnini aniqlab beradi. Unga ko‘ra,
AQSHning
ko‘p tarmoqli «Wal-Mart Stores» kompaniyasi,
Niderlandiya va Buyuk
Britaniyaning «Royal Dutch Shell», Xitoyning «China Petroleum & Che-
mical Corp. (Sinopec)» va «China National Petroleum (PetroChina)» kom-
paniyalari jahonning eng mashhur TMKlari deb tan olinadi. Jahonning
yetakchi 500 ta TMKlarining katta qismi AQSH (128 ta), Xitoy (106 ta)
va Yaponiya (53 ta) hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
1. Jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishida
iqtisodiy markazlar qanday
ahamiyatga ega bo‘lgan?
2. XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo‘jaligining rivojlanishi nima hisobiga
amalga oshdi?
3. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlari nimada?
15-§. Fan-texnika inqilobi va ishlab chiqarishning rivojlanishiga
Do'stlaringiz bilan baham: