P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
-§. Jahon energetikasi geografiyasi
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
16-§. Jahon energetikasi geografiyasi
Yoqilg‘i-energetika balansi, ko‘mir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati, elektr energetika, issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetika- si, noan’anaviy energiya resurslari. Sanoat tarmoqlari orasida energetika alohida o‘rin egallaydi. U turli yoqilg‘i resurslarni (ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanes) qa- zib oladigan va qayta ishlaydigan, elektr energiyasini ishlab chiqaradigan tarmoqlar majmuyi hisoblanadi. Energetika sanoatning muhim tarmog‘i bo‘lib, boshqa sohalarning rivoji uchun asos yaratib beradi. Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika sanoatlari yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmoqlari bo‘lib hisoblanadi. Neft sanoati. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 4,3 mlrd. t neft qazib olingan bo‘lib, uning asosiy qismi Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)ga a’zo davlatlar ulushiga tegishli. OPEK davlatlari (Bir- lashgan Arab Amirliklari, Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Angola, Gabon, Jazoir, Ekvatorial Gvineya, Kongo, Liviya, Nigeriya, Venesuela, Ekvador) hududida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismi to‘plangan bo‘lib, yillik neft qazishning 1/3 qismi mazkur davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi (15-rasm). http://eduportal.uz http://eduportal.uz 47 15-rasm. OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar (2018-y.). Davlatlar orasida, 2016-yil yakunlariga ko‘ra, neft qazib olish bo‘yicha Saudiya Arabistoni (583 mln. t), Rossiya (548 mln. t), AQSH (537 mln. t), Kanada (220 mln. t) hamda Eron (200 mln. t) yetakchilik qiladi. Mazkur davlatlar hissasiga umumiy qazib olingan neftning 48,3 % i to‘g‘ri keladi. Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Kuvayt, Iroq kabi davlatlar yirik neft eksportyorlari hisoblansa, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Yevropa davlatlari esa asosiy neft sotib oluvchi davlatlardir. Gaz sanoati tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg‘ilar- dan sun’iy gaz olish, gazdan kimyoviy mahsulotlar ajratishni o‘z ichiga oladi. Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan bir qancha afzalliklarga egadir. Boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, issiqlik berish quvvatining yuqoriligi, trans- portabelligi, neft va ko‘mirga nisbatan ekologik jihatdan tozaligi kabi holatlar gaz konlarini izlash va ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat qaratili shiga sababchi bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning umumiy geologik zaxirasi, taxminan, 180 trillion m 3 ni tashkil etadi. Yillik qazib olish hajmi 3,6 trln. m 3 ga teng (2016-y.). Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida esa AQSH (749 mlrd. m 3 ) Rossiya (641 mlrd. m 3 ), Eron (190 mlrd. m 3 ), Qatar (182,8 mlrd. m 3 ), Kanada (174 mlrd. m 3 ) kabilar peshqadamlik qiladi. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 48 So‘nggi yillarda gaz eksportida suyulti- rilgan gaz bilan savdo qilish katta ahamiyat kasb etmoqda (16-rasm). Tabiiy gaz suyuq holatga o‘tkazilishi jarayonida o‘rtacha hi- sobda 600 marotabagacha siqiladi. Bu esa juda katta miqdordagi gazni tashish imko- nini beradi. Natijada maxsus gaz tashuvchi tankerlar yordamida uni qit’alararo eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jahonning 30ga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malay- ziya kabi davlatlar ular orasida yetak chilik qiladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy kabi davlatlar suyultirilgan gazning asosiy iste’molchilaridir. Ko‘mir sanoati yoqilg‘i-energetika tarmoqlari orasida eng birinchi shakllangan tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoq ko‘p mablag‘ va ishchi ku- chi talab etuvchi soha hisoblanib, uning mahsulotlaridan elektr energeti- ka, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi. Hozirgi vaqt- da qazib chiqarilayotgan ko‘mirning asosiy iste’molchisi issiqlik elektr stansiyalaridir. Qazib chiqarilayotgan ko‘mir, asosan, o‘sha davlatlarning o‘zida iste’mol qilinadi. Qazib chiqarilayotgan ko‘mirning atigi 10 % i eksportga chiqarilmoqda. Jahon bo‘yicha deyarli 7,3 mlrd. t. ko‘mir qazib olinadi (2016-y). Qa- zib olingan ko‘mirning 75 % dan ortig‘i Xitoy (3242 mln. t), Hindiston (708 mln. t), AQSH (672 mln. t), Avstraliya (503 mln. t), Indoneziya (460 mln. t) hissasiga to‘g‘ri keladi. Elektr energetika sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va is- te’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda jahonda, taxminan, 25 trln. kW·h elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda (2016-y.). Xitoy (6,17 trln. kW·h), AQSH (4,4 trln. kW·h), Hindiston (1,4 trln. kW·h), Rossiya (1,1 trln. kW·h), Yaponiya (1,0 trln. kW·h) elektr energiyasini eng ko‘p ishlab chiqaruvchi davlatlar hisoblanadi. Ma’lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro va atom elektr energetika tarmoqlari) va noan’anaviy (quyosh, shamol, Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling