P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
-§. Qozog‘iston Respublikasi
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy sharoiti va resurslari.
35
-§. Qozog‘iston Respublikasi Iqtisodiy geografik o‘rin, keskin kontinental qurg‘oqchil iqlim, mineral resurslar, milliy tarkib, ko‘p tarmoqli sanoat, lalmi va sug‘orma deh- qonchilik, donchilik. Qozog‘iston Markaziy Osiyoda hududiy ji- hatdan eng yirik davlat bo‘lib, jahon mamlakat- lari ichida maydoni bo‘yicha 9-o‘rinni egallaydi. U beshta davlat – Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chegaradosh. Qozog‘istonning Rossiya bilan davlat chegarasi (7 548 km) uzunligi bo‘yicha dunyoda AQSH va Kanada o‘rtasidagi chegaradan keyingi 2-o‘rinda turadi. Mamlakat janubi-g‘arbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh. Qozog‘iston iqtisodiy geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari Osiyo va Yevropa davlatlarini bog‘lovchi temiryo‘l va avtomobil magistrallari- ning o‘tganligi, Kaspiy dengiziga tutashligi, Rossiya va Xitoydek yirik davlatlarga chegaradoshligi bilan belgilanadi. Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Ma’muriy-hududiy jihat- dan unitar davlat bo‘lib, 14 ta viloyat va 3 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Nur-Sulton, Almati, Shimkent)dan iborat. Tabiiy sharoiti va resurslari. Qozog‘iston relyefida tekisliklar hukm- ronlik qiladi, tog‘ tizmalari faqat respublikaning janubi-sharqiy qismi- da joylashgan. Markaziy hududlari relyefi esa kuchli parchalangan yassi tog‘likdan iborat. Qozog‘iston foydali qazilmalarga jahondagi eng boy davlatlardan biri. Mamlakat yoqilg‘i, rudali va noruda resurslarining ulkan zaxiralariga ega. Neft va tabiiy gazning yirik konlari Kaspiy dengiziga yaqin hududlarda, toshko‘mirning asosiy zaxiralari (Qarag‘anda, Ekibastuz havzalari) esa markaziy qismida joylashgan. Qozog‘istonning markaziy va sharqiy hududlari temir, marganes, xrom, uran, mis, volfram, rux, qo‘rg‘oshin va boshqa metallarning katta zaxiralariga ega. Noruda mineral boyliklardan fosforit va oltingugurt alohida e’tiborga loyiq. Qozog‘iston iqlimi mo‘tadil keskin kontinental va qurg‘oqchil, qish- da shimoliy hududlarida havo harorati -50 o C dan ham past bo‘ladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling