P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyoti.
Maydoni – 2724,9 ming km
2 . Aholisi (2018-y.) – 18,4 mln. Poytaxti – Nur-Sulton. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 100 Qurg‘oqchil iqlim tufayli Qozog‘iston- ning bepoyon tekisliklarida dasht, cha- lacho‘l va cho‘l tabiat zonalari shakl- langan. Yog‘inlarning ozligi, hududining ak- sariyat qismini cho‘llar ishg‘ol qilgan- ligi mamlakatning katta qismida suv resurslarining tanqisligini keltirib chi- qargan. Asosiy daryolari hisoblangan Irtish, Ili, Sirdaryo, Ural respublikaning chekka qismlaridan oqib o‘tadi, to‘yinish manbalari esa qo‘shni mamla- katlar hududida joylashgan. Aholisi. Qozog‘iston aholisi 18,4 mln. kishiga teng (2018-y.). Aholi- ning tabiiy ko‘payishi Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarga nisbatan pastroq bo‘lib, yiliga o‘rtacha 1,5 % dan ortiqroq. Urbanizatsiya darajasi 57 % ga teng (2018-y.). Hozirgi paytda 3 ta «millioner» shahar mavjud: Almati (mamlakatning eng yirik shahri), Nur- Sulton (37-rasm) va Shimkent. Aholi zichligining o‘rtacha ko‘rsatkichi Qozog‘istonda juda past bo‘lib, 7 km 2 /kishi atrofida. Aholi respublika janubidagi sug‘orma dehqonchilik rivojlangan daryo vodiylari va tog‘oldi tekisliklarida hamda mamlakat shimolidagi sanoatlashgan hududlarida birmuncha zichroq joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Aholining 67,5 % ini tash- kil etadigan qozoqlardan tashqari, mamlakatda ruslar (20 %), o‘zbeklar (3 %), ukrainlar (1,5 %), uyg‘urlar (1,5 %) va boshqa millatlar vakillari mavjud (2018-y.). Rus va ukrainlar shimoliy va sharqiy hududlarda keng tarqalgan bo‘lsa, o‘zbeklar, asosan, respublikaning janubidagi Turkiston viloyatida istiqomat qilishadi. Iqtisodiyoti. Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat ichida iq- tisodiy salohiyati jihatidan yetakchi hisoblanadi, ayniqsa sanoat sohasi- dagi ko‘rsatkichlari ancha yuqori. Sanoatning asosiy tarmoqlari qatoriga neft-gaz, ko‘mir, qora va rangli metallurgiya, kimyo va mashinasozlik kiradi (38-rasm). Qozog‘iston neft qazish hajmi bo‘yicha jahonning ye- takchi 20 ta davlatlari qatoriga, ko‘mir, mis, ruxni qazib olish bo‘yicha esa birinchi o‘ntalikka kiradi. Qozog‘iston 2009-yildan buyon uran qazib olish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda va u dunyo 37-rasm. Qozog‘iston Respublikasi poytaxti – Nur-Sulton shahri. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 101 bo‘yicha jami qazib olinayotgan uranning 40 % ga yaqin qismini beradi. Elektr ener- giyasining 90 % idan ortig‘i IESlarda ish- lab chiqariladi. Dehqonchilikning bosh tarmog‘i don- chilik. U, ayniqsa shimoliy viloyatlaridagi lalmi yerlarda yaxshi rivojlangan. Janubiy viloyatlarda dehqonchilik sug‘orish yorda- mida rivojlantirilib, bu yerda uning aso- siy tarmoqlari sabzavotchilik, sholichilik, polizchilik hisoblanadi. Chorva chilikning yetakchi tarmoqlari: qo‘ychilik, qoramolchilik, yilqichilik, tuyachilik. 1. Qozog‘iston iqtisodiy geografik o‘rnining qulay jihatlari nimalardan iborat? 2. Qozogiston sanoati va qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuviga mamlakatning tabiiy sharoiti va resurslari qanday ta’sir ko‘rsatadi? 3. Respublika aholisi milliy tarkibining xususiyatlarini tavsiflab bering. 4. Nima sababdan Qozog‘istonning markaziy hududlarida aholi zichligi juda past? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling