P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyoti.
Maydoni – 491,2 ming km
2 . Aholisi (2018-y.) – 5,9 mln. Poytaxti – Ashxobod. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 105 Turkmanistonda cho‘lli tekisliklar katta maydonni egallaganligi uchun mamlakat suv resurslariga boy emas. Respublikaning eng yirik suv manbayi Amudaryo hisob- lanadi. Amudaryodan to‘yinadigan Qora- qum kanali (Qoraqumdaryo) dunyodagi eng uzun sug‘orish kanalidir. Aholisi. Turkmaniston Markaziy Osiyo- da aholi soni jihatidan oxirgi o‘rinni egal- laydi. Aholi soni va uning hududiy joylashuvi mamlakatning tabiiy geog- rafik xususiyatlari bilan belgilanadi. Aholi, asosan, Amudaryo, Murg‘ob va Tajan daryolarining vodiylarida, Kopetdog‘ etagidagi tekislikda va Kaspiy dengizi sohilida joylashgan. Turkmaniston aholisining yarmi shahar joylarida istiqomat qiladi. Ash- xobod shahrining aholisi 900 ming kishidan ortiq. Poytaxtdan tashqari, Turkman obod, Dashoguz, Mari, Turkmanboshi shaharlari respublikaning eng katta shaharlari hisoblanadi. Aholisining milliy tarkibida turkmanlarning ulushi 85 % dan yuqori bo‘lib, aholining 10 % ga yaqin qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. O‘zbeklar, asosan, Dashoguz va Lebap viloyatlarida yashaydi. Iqtisodiyoti. Turkmaniston Respublikasi iqtisodiyotining asosini ko‘p- tarmoqli yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tashkil etadi. Turkmaniston tabiiy gazni qazish va eksport qilish bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kiradi. Neft va neftni qayta ishlash sanoati ham Turkmanistonda yaxshi rivojlangan. Respublikada elektr energiyasi faqat IESlarda ishlab chiqariladi. Turkmaniston kimyo sanoati mineral o‘g‘itlar, mirabilit, oltingugurt, yod va boshqa mahsulotlarni katta hajmda ishlab chiqaradi. Shuningdek, Turkmanistonda to‘qimachilik, tikuvchilik, gilamdo‘zlik sanoati ham ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvida katta ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari donchilik, paxtachilik (asosan, sifatli ingichka tolali navlar yetishtiriladi), uzumchilik, qorako‘lchilik, yil- qichilik hisoblanadi. Axalteki zotli otlari butun dunyoga mashhur bo‘lib, turkmanlarning faxri hisoblanadi (44-rasm). Hattoki davlat gerbida ham axalteki oti tasvirlangan. Kaspiy dengizida baliqchilik yaxshi rivojlangan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling