Ochiq konchlik ishlaridagi portlatishlarda oynalarga ZHT ta’siri bo‘yicha xavfsiz zonalar radiuslarini hisoblashga misollar
1. Massasi 84 kg bo‘lgan tashqi zaryad tiqinlanmasdan portlatilganda ZHT ta’siri bo‘yicha xavfsiz zona radiusi hisoblansin.Portlatiladigan jinslar - f 2 bo‘lgan ohaktosh.
Zaryadni massasi =84 kg (< 1000 kg) bo‘lganligi sababli, xavfli zona radiusini formula (13) bo‘yicha hisoblaymiz.
Havo harorati ijobiy bo‘lganda
m.
Havo harorati salbiy bo‘lganda xavfli zonaning radiusini 1,5 martaga oshirish mumkin (3.2.4-bandga qarang) va ni miqdori 894 m teng bo‘ladi.
2. Umumiy m assasi 25 228 kg bo‘lgan quduq zaryadlari seriyasi portlatilganda ZHT ta’siri bo‘yicha xavfsiz zona radiusi hisoblansin. Zaryadlar (har bir quduqdagi massasni teng qilib) uchta guruh bilan, ular orasidagi fursat intervalini 25 ms qilib portlatiladi. Guruhlarni birinchisida 20 ta, ikkinchisida 40 ta, uchinchisida 10 ta quduq portlatiladi. Quduqlarni diametri 0,22 m, chuqurligi 15 m, tiqinlash uzunligi 4,4 m. Portlatiladigan jinslar - f 18 bo‘lgan granit ko‘rinishiga ega.
Portlatish guruhlar orasidagi fursat intervalini 25 ms qilib bajarilganligi sababli, hisoblash uchun quduqlarni soni N = 40 bo‘lgan, eng ko‘p quduqli guruhni qabul qilamiz.Zaryadni uzunligi 10,6 m bo‘lib, quduqlar diametrlarining 12 barobaridan ortiq, shuning uchun ekvivalent zaryad formula (17) bo‘yicha aniqlanadi. Hisoblanadigan ko‘rsatgichlarning qiymatlari quyidagicha bo‘ladi: P = 34kg/m, = 20 va = 0,002. Ekvivalent zaryad
kg
Xavfli zona radiusini aniqlash uchun formuldan (13) foydalanamiz. Xavfli zona radiusi 3.2.1-bandga binoan (X guruh granitlar uchun) 1,5 martaga oshirilishi kerak. Jins qattiqligi, guruhlar orasidagi fursat intervali (3.2.3-bandiga qarang) va salbiy havo haroratini (3.2.5-bandiga qarang) hisobga olinadigan bo‘lsa
m
3.3. Odamga zarblihavo to‘lqini ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofani aniqlash.
3.3.1. Tashqi zaryadni zarblihavo to‘lqinining odamga ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofa (m), quyidagi formula bilan aniqlanadi
, (18)
bu erdaQ – portlatiladigan PM tashqi zaryadining massa, kg.
Agar ish sharoitlariga ko‘ra portlatishni bajaradigan xodimlarning portlatish joyiga borishi zarur bo‘lsa, faqat shundagina formula (18) qo‘llaniladi. Boshqa hollarda formula bo‘yicha hisoblangan masofa 2-3 martaga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |