Panjara davri bu bitta yoriq va bitta shaffof bo'lmagan bo'shliqning kengligi yig'indisi
Tirqishdan Fraungofer difraksiyasi
Download 1.04 Mb.
|
DIFRAKSIONPANJARA
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- INTERNET SAYTLARI
Tirqishdan Fraungofer difraksiyasi. Bo‘yi cheksiz uzun (odatda enidan bo‘yi ko‘p marta uzun bo‘lgan) tirqishga yassi yorug‘lik to‘lqini tushayotgan bo‘lsin. Tirqishdan so‘ng linza qo‘yaylik va linzaning fokal tekisligiga esa, ekran joylashtiraylik. Tushayotgan to‘lqin sirti, tirqish tekisligi va ekran bir-birlariga nisbatan parallel bo‘lsin. Kengligi a tirqishdan o‘tgan to‘lqin energiyasi oqimining burchak taqsimoti quyidagicha bo‘ladi (13.3-rasm):
(2.2-6) bu yerda Ua/ hamda Io –difraksion manzara markazidagi yorug‘lik intensivligi. Difraksion manzaradagi markaziy maksimumga to‘la energiyaning 85% i to‘g‘ri keladi, shuning uchun (2.2-1) formuladagi θmin ni yorug‘likning difraksion yoyilishi burchak o‘lchami sifatida qarash mumkin. Intensivlikning minimumlar soni tirqish a kengligining to‘lqin uzunligiga bo‘lgan munosabati bilan aniqlanadi. (2.2-2) formuladan n/a1 (ya'ni sinnn1) uchun na/ (2.2-7) Tirqish enining o‘lchami to‘lqin uzunligidan kichik bo‘lsa, minimumlar umuman paydo bo‘lmaydi. Bu holda intensivlik difraksion manzara markazidan chetlariga qarab bir tekis kamayib boradi. (2.2-4) va (2.2-7) formulalarni solishtirish natijasida quyidagi xulosaga kelish mumkin. Agar tirqish kengligi Frenel markaziy sohasining kichik qismini ko‘rish imkonini bersa (m<<1), Fraungofer difraksiyasi kuzatiladi. Bu holda intensivlikning taqsimoti 2.2.3-rasmdagi markaziy egri chiziq bilan ifodalanadi. 2.2.3-rasm. Ekranda markaziy maksimumning yorug‘ va qorong‘i yo‘llar hosil bo’lishi Agar tirqishning kengligida Frenel sohalarining kerakligicha soni kuzatilsa (m≈1), ekranda markaziy maksimumning yonlarida yorug‘ va qorong‘i yo‘llar hosil bo‘ladi (2.2.3-rasm). Va nihoyat tirqishning kengligidan katta miqdorda Frenel sohalari (m>>1) ko‘rinsa, bu holda ekranda tirqishning bir tekis yoritilgan tasviri hosil bo‘ladi. Faqat tasvirning geometrik soyasi chegarasida, ko‘z bilan qiynalib ko‘rsa bo‘ladigan, ingichka yorug‘ va qorong‘i yo‘lkalarni kuzatish mumkin. 2.2.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ekrandagi birinchi minimumning x holati quyidagicha aniqlanishi mumkin. (2.2-8) Bundan (13.8) bu yerda F – linzaning fokus masofasi. (2.2-8) formulani (2.2-2) ga qo‘yib birinchi minimum holatini aniqlash ifodasini olamiz: yoki (2.2-9) Shunday qilib tirqish enining o‘lchami va linzaning F fokus masofasini bilgan holda difraksion manzaradagi birinchi minimum x holatini o‘lchab λ to‘lqin uzunligini aniqlash mumkin. XULOSA Xulosa qilib aytganda, yorug`likning to`lqin tabiati buyum detallarini yoki juda mayda narsalarni ko`zdan kechirishda ularni farq qilish imkoniyatini cheklaydi. Difraksiya mayda narsalarning aniq tasvirini hosil qilishga imkon bermaydi. Chunki yorug`lik to`g`ri chiziq bo`ylab tarqalmay, balki mayda narsalarni aylanib o`tadi. Natijada tasvirlar chaplashib ketadi. Chaplashgan tasvirni har qancha kattalashtirsa ham aniq tasvir olib bo`lmaydi. Narsalarning chiziqli o`lchamlari yorug`lik to`lqin uzunligidan kichik bo`lgandagina shunday bo`ladi.Difraksion panjaraning asosiy formulasi. Difraksion panjara - yu yoriqlar tizimidan (yorug'lik uchun shaffof joylar) va to'lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan shaffof bo'lmagan bo'shliqlardan tashkil topgan eng oddiy spektral qurilma. Bir o'lchovli Difraksiya panjarasi bir xil kenglikdagi yoriqlardan xira bo'lgan bir xil kenglikdagi intervallar bilan ajratilgan bir xil kenglikdagi parallel yoriqlardan iborat. Ular yorug'likni aks ettiradigan joylar va yorug'likni sochadigan joylar to'plamidan iborat. Ushbu panjaralar parlatgich bilan nur sochadigan zarbalar qo'llaniladigan silliqlangan metall plitalardir. Panjara difraksiyasi sxemasi barcha yoriqlardan keladigan to'lqinlarning o'zaro aralashuvi natijasidir. Difraksion panjara yordamida difraksiyaga uchragan va barcha yoriqlardan kelib chiqqan kogerent nurli nurlarning ko'p qavatli interferentsiyasi amalga oshiriladi. Difraksion panjara - optik asbob; noshaffof ekranga qilingan koʻp sonli parallel tirqishlar yoki oʻzaro bir xil masofada joylashgan koʻzgusimon yoʻllar (shtrixlar) majmui; ularda yorugʻlik difraksiyasi xodisasi sodir boʻladi. Difraksion panjara oʻziga tushayotgan yorugʻlik nurlarini spektrlarga ajratadi. Difraksion panjaraning muntazam va nomuntazam xillari mavjud. Difraksion panjara yordamida yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash, har xil to’lqin uzunligidagi yorug’likning inson organizmiga ta'siri haqida ko’nikma va malakalar hosil qilish, yorug’lik nurlarining tibbiyotda qo’llanilishini o’ rganish va qo’llash borasida juda muhimdir. Geometrik optikaning qo‘llanish chegarasini aniqlash, yorug‘lik manbalarining o‘lchamlarini aniqlash, difraksion panjara yordamida yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlash kabi masalalar optikaning muhim qismidir. Hozirgi paytda biologiyada, kimyoda, texnikada, tibbiyotda va xalq xo’jaligining turli sohalarida ko’llanilayotgan lazer nurlarining ham fizik kattaliklari bilan bir qatorda to’lqin uzunliklarini o’lchash muhim ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustivor yo`nalishlari bo`yicha konsepsiyasi. Mirziyoyev Sh.M.”Tanqidiy tahlil,qat`iy intizom va shaxsiy javobgarlik har bir raxbar faoliyatining kundalik qaoidasi” Mirziyoev Sh.M.”Erkin va Farovon Davlatni birgalikda barpo etamiz” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag`ishlangan majlisdagi nutqi.Toshkent.O`zbekiston 4.Mirziyoyev Sh.M.”Qonun ustivorligini ta`minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilinganligining 25 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. 2017 yil 7 dekabr G. S. Lansberk. “Optika”.Toshkent-1981. I.V. Savelev. “Umumiy fizika kursi”. “O’qituvchi”. Toshkent-1976. A.S. Jdanov. “Fizika”, maxsus o’quv yurtlari uchun darslik, “O’qituvchi”, Toshkent -1980. F.A. Korolev. “Fizika kursi” optika, atom va yadro fizikasi. “O’qituvchi”, Toshkent-1978. Fizika II qism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun. “O’qituvchi”, Toshkent-2007. Otajonov Sh., Eshchanov B.X. Optika. O‘quv-uslubiy majmua. O‘zMU, 2015. G.Muralov. «Optika»,O‘quv qo‘llanma, Samarqand, SamDU, 2004. Pod redaksiy Chertova A.G. "Zadachnik po kursu obshey fiziki" M. 1989. Volkenshteyn V.S. "Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami” T. 1969. Butikov Ye.I. «Optika» Sankt-Peterburg 2003. Irodov I.Ye. «Zadachi po oboщyey fizike» M. 2003. Syedrik M.S. «Sbornik zadach po kursu obщyey fiziki» M. 1989. INTERNET SAYTLARI www.ZiyoNet.uz. www. Wikipedia. http://www-nds.iaea.org http://www.ziyonet.uz www.arxiv.uz Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling