Paradigmalari
Download 365.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 1
“Dengiz” (talassokratiya) dualizmi paradigmasi deb nomlanadi.
XXI asr xalqaro siyosiy jarayonlarida yuz bergan hodisalar, ayniqsa mintaqalardagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi gesiyosatni yangicha talqinda idrok etish va unga nisbatan zamonaviy paradigmalarni joriy etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bunday qarashning asosiy sababi shuki, geosiyosiy ta’sir vositalarining turlari va ko‘rinishlari kengayib borgani sayin geosiyosatning zamon voqeliklariga moslashgan barcha yangi nazariyalari tadqiq etila boshlandi. Ayniqsa, hozirgi davr geoyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda ozarbayjonlik olim A. Hasanovning “Geosiyosat” kitobi muhim ahamiyatga ega. Unda yozilishicha, bugungi geosiyosatchilarning ko‘pchiligi jahonning hozirgi geosiyosiy xaritasi va tuzilmasiga klassik geosiyosatda qo‘llanadigan paradigmalar (o‘lcham va baholash qoliplari)ni tatbiq etishni maqbul ko‘rmaydilar. Hozirgi vaqtda siyosatshunoslar jahon geosiyosiy tuzilmasini quyidagicha tasavvur etishadi: 1. Kanada va Meksika bilan birgalikda AQSH hamda uning ittifoqchilari – Evropa Ittifoqi mamlakatlari; 2. Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Janubi-SHarqiy Osiyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari; 3. Rossiya va sovetlardan keyingi makonda uning ta’sir doirasiga kiruvchi mamlakatlar va pravoslav-slavyan dunyosi mamlakatlari; 4. Islom dunyosi va uning Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Pokiston kabi mintaqaviy rahnamolari va boshqa mamlakatlar; 5. Afrika qit’asi mamlakatlari va ularning uyushmalari; 6. Lotin Amerikasi mamlakatlari. Mohiyat e’tibori bilan, bu markazlarning birontasi bir xil emas va har bir mamlakat o‘z tuzilmasi doirasida boshqalarnikidan farqli manfaatlarga, geosiyosiy
kod va koordinatlarga, harbiy va siyosiy maqsadlarga, tashqi dunyo bilan munosabatlarning o‘z mezonlariga ega 15 .
bag‘ishlangan “Geosiyosat” kitobida fanda mavjud bir qator asosiy paradigmalarni misol qilib keltiradi: 1. Institutsional-huquqiy paradigma – davlat yoki millat; 2. Geosiyosiy paradigma; 3. Geoiqtisodiy paradigma; 4. Geomafkuraviy paradigma; 5. Geotsivilizatsiya paradigmasi; 6. Geoaxborot paradigmasi 16 .
Institutsional-huquqiy paradigma (davlat yoki millat) tarafdorlari geosiyosiy makonning asosiy komponenti davlat, millat va xalqaro huquqdir, deb baholashadi. Geosiyosiy paradigma mohiyatida geografik determenizm asosiy o‘rinni egallaydi va u hokimiyat uchun kurashning hal qiluvchi vositasi hisoblanadi. Geoiqtisodiy paradigmada hududiy hukmronlikning asosiy ta’sir usuli moliya va iqtisodiy resurslar monopoliyasi bo‘lib, uning aktorlari Transmilliy korporatsiyalar hisoblanadi.
mavjud bo‘lmaydi, ular o‘zaro bog‘liq. Mazkur paradigmaga ko‘ra, geosiyosiy ustunlikni g‘oyalar kurashida g‘olib bo‘lish omili belgilaydi.
topgandan keyin turli kuchlar ta’sirida dunyoning yangi siyosiy manzarasi shakllandi. YAngi qarashlar va konsepsiyalar paydo bo‘ldi. Geosiyosatga nisbatan sivilizatsion yondashuv shunday qarashlardan biri bo‘lib, barcha xalqlar uchun yagona va umumiy o‘lchov mavjud emas, har bir kishilik jamiyati noyob va o‘ziga xos, degan g‘oyani o‘rtaga tashladi. Bunday nuqtai nazarni rus olimlari N.YA. Danilevskiy, K.N. Leontiv, P.A. Sorokin, nemis faylasufi O. SHpengler,
15 Ҳасанов А. Геосиёсат. Озарбайжончадан Б.Муҳаммадшариф таржимаси. – Т.: Тамаддун, 2016. – С. 394- 395. 16 Бу ҳақида батафсил қаранг: Мухаев Р.Т. Геополитика. Учебник. -2-е изд., перераб. и доп. – М.: 2012. – С. 28-45. shuningdek, ingliz tarixchisi A. Toynbi ilgari surishdi. Ular orasidan N.YA. Danilevskiy “Rossiya va Evropa” asari orqali geosiyosatda muhim rol o‘ynovchi sivilizatsion sintez sifatida yagona millat sivilatsiyani targ‘ib etuvchi “umumslavyan ittifoqi” (panslavyanizm) nazariyasini tushuntirib berdi. Qolgan olimlar esa, geotsivilizatsiya paradigmasining markazin o‘rnida din turadi 17 , deya baholashdi. Alohida qayd etish lozimki, geotsivilizatsiya paradigmasi rivojiga S.Xantingtonning “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” asari ilmiy jilo baxsh etdi. S.Xantingtonning qat’iy ishonchiga ko‘ra, insoniyat tarixi – bu sivilizatsiyalar tarixidir, kelajakdagi kuchlar bloki u yoki bu sivilizatsiyalarga tegishlilik asnosida o‘lchanadi va yakunda odamlar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaat muhim bo‘lmaydi. S.Xantington ushbu asarida bugungi kundagi 8 ta asosiy sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatadi: 1. Xitoy sivilizatsiya; 2. Yapon sivilizatsiyasi; 3. Hind sivilizatsiyasi; 4. Islom sivilizatsiyasi; 5. Pravoslav sivilizatsiyasi; 6. G‘arb sivilizatsiyasi; 7. Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi; 8. Afrika sivilizatsiyasi 18 . Umuman, Xantington konsepsiyasi zamirida kelajak geosiyosatining yadrosida sivilizatsiyalar o‘rtasida to‘qnashuv muqarrar, degan qarash yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Download 365.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling