Paradigmalari
Download 365.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
MA’RUZA № 1 GEOSIYOSAT NAZARIYALARI VA ZAMONAVIY PARADIGMALARI
1. Geosiyosat tushunchasi va mazmun-mohiyati 2. Geosiyosat nazariyalari 3. Geosiyosatning zamonaviy paradigmalari.
Geosiyosat, siyosiy geografiya, Heartland, Rimland, Tellurokratiya, Talloskratiya, geoiqtisod, geostrategiya, geomafkura, geoaxborot, geosivilizatsiya, geodiplomatiya, aerokratiya, efirokratiya, mondializm.
Jahon siyosiy xaritasini tubdan o‘zgarish jarayonlari ma’lum mintaqalardagi o‘zaro kurash va raqobatning hosilasi ila shakllangan. Uzoq yillar davomida makon va hududlarni harbiy yo‘l bilan egallash, uni mustamlakaga aylantirish va doimiy nazorat o‘rnatish klassik geosiyosiy nazariya va qarashlarning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi. Vaqt o‘tgan sari geosiyosiy nazariyalar va uning amaliyoti o‘zgarib bordi, yangi ilmiy qarashlar, qonuniyatlar va konsepsiyalar paydo bo‘ldi. Garchi imperialistik mexanizmlar barham topib, kurash va raqobatning shakl va usullari bugungi kunda o‘zgargan bo‘lsa-da, strategik ahamiyatga molik hududlar va mintaqalarda o‘z ta’sirini saqlab qolish jarayonlari tabiiy ravishda davom etib kelmoqda. Buni juda ko‘plab siyosatchilar hamda siyosiy fan olimlari “geosiyosat” iborasi bilan ifodalashadi. Xalqaro munosabatlarda “geosiyosat” iborasining paydo bo‘lishi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Geosiyosat keyingi yillarda nafaqat alohida fan tarmog‘i sifatida shakllandi, balki dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy jarayonlarni izchil anglash vositasi va ehtiyoji sifatida rivojlanib bordi. Ushbu ibora dastlabki bor 1899 yilda shved olimi Rudolf Chellen tomonidan ilmiy doirada qo‘llanilgan va shu boisdan uni ba’zi manbalarda “geosiyosat otasi” deb atashadi. R.Chellen geosiyosatni davlatga nisbatan “geografik organizm yoki
fazoviy fenomen sifatida qaraydigan ta’limot”, deya ma’lum qiladi 1 . Olimning geosiyosat borasidagi g‘oyalarini metodologiyaning sistemali yondashuv usuli bilan baholash mumkin. Boshqacha aytganda, R.Chellen hududlardagi mavjud siyosiy voqeliklarni tizimlashtirgan holda “geosiyosat” iborasi orqali ilmiy shaklga keltirdi. Biroq, mazkur iboraning keng ommalashuvida nemis olimi Fridrex Ratselning 1897 yilda chop etilgan “Siyosiy geografiya” asari turtki bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum. F.Ratsel o‘z asarida “davlat biologik qoidalar asosida harakatlanadigan tirik organizm hisoblanadi” 2 , degan tezisni ilgari surdi. Uning qarashlariga ko‘ra, davlat xuddi daraxt singari erda ildiz otadigan jonli organizm mahsuli bo‘lganligi sababli, uning mavjud xususiyati aynan hududi va joylashuvi, taraqqiyoti esa atrof-muhitga qanchalik muvaffaqiyatli moslashishi bilan belgilanadi. R.Chellen va F.Ratselning geosiyosat borasidagi dastlabki qarashlarini Markaziy Evropaning jahonda maydonidagi o‘rni va ta’sirini belgilashga qaratilganligi bilan izohlashimiz mumkin. Jahon siyosiy xaritasi o‘zgarishi va imperialistik siyosatning bir qator ko‘rinishlarini amaliyotga tadbiq etish uchun yangi geosiyosiy nazariyalar va konsepsiyalarga ehtiyoj tobora ortib bordi. Natijada jahon geosiyosiy makonida bir qator paradigmalar birin-ketin paydo bo‘ldi. Klassik geosiyosatning markaziy nazariyalari yaratilishida H.Makkinder, A.Mehen, N.Spaykmen, K.Xausxofer va boshqa bir qator nazariyotchilarning salmoqli hissasi mavjud. 1904 yilda ingliz olimi H.Makkinder “Tarixning geografik o‘qi” nomli ma’ruzasini “Geografiya juranali”da chop etdi va bu fan tarixidagi eng yorqin geosiyosiy matnga aylandi. H.Makkinder davlat uchun eng qulay geografik joylashuv bu uning markazidir, deb hisoblaydi. Uning qayd etishicha, butun jahon nuqtai nazaridan, erning markazida Evrosiyo qit’asi, uning markazida esa “Heartland” (Yerning yuragi) joylashgan. Shundan kelib chiqib, H.Makkinder quyidagi konsepsiyasini ilgari surdi: “Kim Sharqiy Yevropada hukmronlik qilsa, u “Heartland” ustidan hukmronlik qiladi, kim “Heartland”
1 Rudolf Kjellen and the origin of geopolitcs. https://geopoliticsresearch.wordpress.com/2015/04/21/rudolf-kjellen- and-the-origin-of-geopolitics/ 2 Гаджиев К.С. Геополитика. Учебник / 4-е изд. –М. : Издательство Юрайт, 2011. – С .15. ustidan hukmronlik qilsa, dunyo orollarini boshqaradi, dunyo orollarini boshqargan, butun dunyoni boshqaradi” 3 . Alohida qayd etish joizki, H.Makkinderning geosiyosiy qarashlari bir qator tadqiqotchilarni qiziqishlariga sabab bo‘ldi. Bunday qiziqishlarning asosiy sababi Evroosiyoda sodir bo‘layotgan geosiyosiy tendensiyalar bilan bevosita bog‘liq ravishda ro‘y berdi. Ayniqsa, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi, geostrateg Z.Bjezinskiy “Buyuk shaxmat doskasi” asarida Yevrosiyoning geosiyosiy ahamiyatiga urg‘u berib, shunday yozadi: “Yevrosiyo er sharidagi eng katta qit’a sanaladi va geosiyosiy munosabatda markaziy o‘rinni egallaydi. Yevrosiyoni boshqargan davlat rivojlangan va dunyo iqtisodiy ishlab chiqarish hududlarining uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Yevrosiyo nazorati o‘z-o‘zidan, deyarli dunyo markaziy qit’asining geosiyosiy pereferiyasi 4 da joylashgan Okeaniya va G‘arbiy yarimshar hamda Afrikani o‘ziga bo‘ysundirish demakdir. Evrosiyoda dunyo aholisining 75 foizi istiqomat qiladi, dunyo tabiiy boyliklarining katta qismi shu erda va uning ostida joylashgan. Shu tariqa, Yevrosiyo o‘zida global boshqaruv uchun kurashga chorlaydigan shaxmat doskasini namoyon etadi” 5 .
Jahon geosiyosiy boshqaruvida Amerikaning qudratini belgilovchi qarashlar amerikalik admiral A.Mehenga tegishli. A.Mehen “Dengiz qudratining tarix uzra ta’siri (1660-1783)” deb nomlangan kitobida dengiz qudratiga (Sea Power) ega bo‘lish jahon hukmronligining asosiy omili hisoblanishini yozadi. Uning fikriga ko‘ra, davlatning dengiz qudratiga ta’sir etuvchi asosiy shart-sharoitlari quyidagi tushunchalarda o‘z aksini topadi: - Geografik
Download 365.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling