Paradigmalari
Download 365.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 1
joylashuv.
Bunday
joylashuv faqat
dengiz kuchlarini markazlashtirish bilan emas, balki ehtimoliy dushmanlarga qarshi amaliyotlarni amalga oshiruvchi mustahkam baza sifatida ko‘rinishi zarur;
3 Mackinder H. J. Democratic Ideals and Reality: a Study in the Politics of Reconstruction. New York.: Henry Holt, 1919. – P. 186. 4 Переферия – стратегик марказлардан ажралиб қолган, мустақил геосиёсий йўналишга эга бўлмаган ер ёки макон. 5 Бжезинский З. Великая шахматная доска. [пер. с анг. О. Уральской]. – Москва.: Издателсьство АСТ, 2019. – C. 59-63. - Jismoniy tuzilish. Agar davlat ulkan kema bo‘lsa-da, uning qirg‘oqlari bo‘lmasa, u holda bunday davlatning na o‘z dengiz savdosi, na ov qilishi va na dengiz floti mavjud bo‘ladi; - Hudud qamrovi. Dengiz qudratining rivojlantiruvchi omili uning hududiy doirasi dengiz qirg‘og‘igacha cho‘zilishidir; - Aholisi soni. Aholi miqdorining ko‘p ekanligi ulkan dengiz floti demakdir; - Milliy xususiyat. Millatlarning savdo-sotiq bilan shug‘ullanishida ularning milliy xususiyatini hisobga olish lozim; - Hukumat siyosati va uning o‘ziga xos tabiati. Dengiz bilan bog‘liq barcha ishlarda hukumatning asosiy vazifasi ijtimoiy adolat va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilishi zarur 6 . Ta’kidlash kerakki, A.Mehenning “Sea Power” nazariyasi uzoq yillar davomida Amerika va Evropa davlatlari geosiyosatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va imperialistik siyosatning tarkibiy qismiga aylandi. Amerikaning o‘z davridagi kelgusi geosiyosiy dasturlarini ishlab chiqishida kelib chiqishi gollandiyalik N.Spaykmenning ta’limotlari ham turtki bo‘ldi. Uning yozishicha, “geografiya davlat tashqi siyosatining eng fundamental omili hisoblanadi, chunki bu omil doim mavjud” 7 . N.Spaykmen dunyo kuchlarining uchta keng markazi – SHimoliy Amerikaning Atlantika sohili, Evropa sohili va Evroosiyoning Uzoq SHarq sohillarini alohida ajratib, Amerika bular orasida o‘z geosiyosatini ko‘proq Evropa sohiliga qaratishi maqsadga muvofiq, deya ta’kidlaydi. H.Makkinder modelidan farqli ravishda, N.Spaykmen geosiyosiy sxema bo‘yicha o‘z variantini taklif qiladi. Uning g‘oyasiga ko‘ra, jahon hukmronligiga yo‘l, Heartland emas, Rimland (qirg‘oqbo‘yi hududlar) hisoblanadi. Shu boisdan, N.Spaykmen H.Makkinder formulasiga quyidagicha o‘zgartirish kiritadi: “Kim Rimland ustidan hukmron bo‘lsa, Yevroosiyo ustidan hukmron bo‘ladi, kim Yevroosiyoni boshqarsa, u dunyo taqdirini o‘z qo‘liga oladi” 8 . Tabiiyki, N.Spaykmenning geosiyosiy g‘oyalari A.Mehen tomonidan ishlab
6 Mahan A.T. The influence of Sea Power upon history (1660-1783). – Boston, 1890. – P. 29-58. 7 Spykman N. America’s strategy in world politics. Nеw York.: 1942. – P. 41. 8 Дугин А. Основы геополитики. http://ratnikjournal.narod.ru/zip/Dugin.Geopolitika.pdf. – С. 35. chiqilgan konsepsiya bilan o‘xshash bo‘lib, uning mantiqiy davomi deyish mumkin. Yevropa gesiyosatining ko‘zga ko‘ringan nazariyotchilaridan yana biri nemis professori K.Xausxofer hisoblanadi. Professor K.Xausxofer geosiyosiy nazariyalarida asosiy e’tiborini Uzoq Sharqqa qaratadi. U shuningdek, jahon siyosiy tizimida tartib o‘rnatishda Germaniyaning rolini e’tirof etib, pang‘oyalar formulasini taklif etadi. Keyinchalik bu formulani K.Xausxofer panamerika, panosiyo, panrus, panislom va panevropa kabi nomlar bilan ataydi. 1941 yilda K.Xausxofer mazkur sxemani qayta ko‘rib chiqib, uchta mintaqani asosiy o‘rinda qoldiradi: AQSh boshchiligidagi panamerika, YAponiya boshchiligidagi Buyuk Sharqiy Osiyo va Germaniya boshchiligidagi panevropa 9 . K.Xausxofer konsepsiyasi aynan o‘sha davrda jahonda yuz berayotgan tub geosiyosiy o‘zgarishlarni aks ettirgani bilan xarakterlanadi. Ushbu geosiyosiy g‘oyaning e’tiborga molik jihati va ilgari mavjud qarashlardan farqi shundaki, uning tub negizida qudratli davlatlar o‘z geosiyosatini yakka tartibdagi mexanizmlardan tashqari, ittifoqlar va birlashmalar tuzish orqali amalga oshirishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Shu jihatdan ham, K.Xausxofer o‘zining qarashlarini H.Makkinderning geosiyosiy g‘oyalariga moslashtirdi, boshqacha aytganda, u Germaniyaning Yevroosiyo ustidan nazorat o‘rnatishi lozimligiga asosiy e’tiborini qaratdi. Geosiyosiy nazariyalar ichida “mondializm” nazariyasi alohida diqqatga sazovor va ilmiy qiziqishlarga chorlaydi. Ushbu nazariya “Yagona dunyo” (One World) utopik g‘oyasiga asoslanadi. Uning tarafdorlari yagona jahon hukumati tuzilishi va umumjahon integratsiyasi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. SHuningdek, ular bu loyiha utopiya emasligini Millatlar Ligasi, keyinchalik Birlashgan Millatlar Tashkiloti misolida isbotlashga harakat qilishadi. Jumladan, XX asr o‘rtalarida Garri Devisning “Jahon konfederatsiyasi uchun umumiy harakat”, Genri Asbornning “Federal Ittifoq” va “Jahon hukumati uchun salib yurishi” singari
9 Гаджиев К.С. Геополитика. Учебник / 4-е изд. –М. : Издательство Юрайт, 2011. – С .20-21. mondialistik qarashlari vujudga keldi. Mondializm konsepsiyasining zaif jihati shundaki, “jahon hukumatini kim boshqaradi”, degan savolga mondialistlar tomonidan “G‘arb va AQSH jahon hukumatining asosiy shtabi”, degan javob berilganidir 10 . O‘z navbatida, mondialistlarning atlantizm 11 shafeligi ostida yaratgan “One World” loyihasi jahon geosiyosiy muvozanatini buzilishi va boshqa qudratli kuch markazlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkor etishga olib keladi. XX asrning 90 yillari avvalida ikki qutbli tizimning inqirozga yuz tutishi va ko‘p qutbli dunyo tartibotini o‘rnatish jarayonlari geosiyosat sohasida ham muayyan o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Bu, xususan, fransuz generali P. Galluaning “Geosiyosat qudrat manbalari” (1990) asarida o‘z aksini topdi. Unda, dastavval, geografik determinizm siyosiy geografiya bilan aynan emasligiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, davlatning imkoniyatlari (kuch-qudrati) hududi, aholisi, geografik vaziyati, chegaralarining davomiyligi va konfiguratsiyasi, zaxiralarining ahvoliga va h.k. (shu jumladan, eng yangi ommaviy qirg‘in qurollari mavjudligi ham) bog‘liqligi e’tirof etiladi 12 . Dunyoning zamonaviy geosiyosiy manzarasi va geosiyosat vositalarini chuqurroq o‘rganish uchun ilmiy doiralar tomonidan ishlab chiqilgan paradigmalarga murojaat etish lozim bo‘ladi. Paradigma (grek. – namuna, andoza) – u yoki bu davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va yangi ilmiy tadqiqot uchun namuna va asos bo‘lib xizmat qiladigan ilmiy yutuqlar majmuidir. Mazkur tushunchani ilmiy muomalaga keng yoyilishida amerikalik tarixchi T. Kunning “Ilmiy inqiloblar strukturasi” 13 asari asosiy o‘rinni egallaydi. Kun fikricha, paradigma ilmiy jamoatchilik birligini ta’minlaydi. Ilmiy namunani, universal qonunlarni konkret hodisalarga tatbiq etish asosida fan rivojlanadi 14 .
uchun yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta fundamental nazariyalar yig‘indisi, deb
10 Дугин А. Основы геополитики. http://ratnikjournal.narod.ru/zip/Dugin.Geopolitika.pdf. – С. 70. 11 Атлантизм - жаҳон майдонининг геосёсий куч маркази сифатида АҚШ ва Ғарб раҳбарлик қиладиган стратегик иттифоқни англатувчи мураккаб тушунча. 12 Фалсафа: қомусий луғат. (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ. Назаров). – T.: Шарқ, 2004. – Б.87. 13 Философия. Энциклопедический словарь. – М.: Гардарики. Под редакцией А.А. Ивина. 2004. https:// dic/academic.ru/dic.nsf/enc-philosophy/902/парадигма. 14 Фалсафа: қомусий луғат. (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ. Назаров). – T.: Шарқ, 2004. – Б.321. ta’riflash mumkin. Shu boisdan ham paradigma vositasida ilmiy muammolar o‘rtaga tashlanadi va uni echish modeli namoyon bo‘ladi. Geosiyosiy paradigma esa tan olingan geosiyosiy nazariyalar orqali dunyoni geosiyosiy manzarasini ilmiy jihatdan aniqlash modelidir. YUqorida zikr etilgan klassik nazariy yondashuvlarni umumiy bog‘lab turuvchi geosiyosiy paradigma “Quruqlik” (tellurokratiya) va
Download 365.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling