Paradigmalari


Download 365.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana09.01.2022
Hajmi365.85 Kb.
#262222
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1

yoki  Rimlandga  hukmronlik  qilishni  istasa,  Airlandni  zabt  etishi  lozim  bo‘ladi. 

Airland  esa,  jahon  boshqaruvi  kalitidir”.  Boshqacha  aytganda,  Airland  modeli 

geosiyosatning dolzarb ob’ekti dengiz yoki quruqlik emas, balki havo va kosmos 

bo‘lishini nazarda tutadi.    

 

Ko‘pchilik  geosiyosatshunoslarning  zamonaviy  paradigmalarga  nisbatan 



bildirgan  yondashuvlari  yuqorida  keltirilgan  paradigmalar  bilan  deyarli  o‘xshash 

va  yakdildir.  Geosiyosat  nazariyachilarning  nazaridan  chetda  qolgan  ayrim 

paradigmalar ham mavjudki, ularga shu o‘rinda to‘xtalishimiz o‘rinli bo‘ladi. Ana 

shunday paradigmalardan biri geodiplomatik paradigmadir. Alohida qayd etishimiz 

lozimki, geodiplomatik paradigmaning nazariy asoslari va amaliy jihatlari borasida 

olib  borilgan  tadiqoqotlar  juda  kamyob.  Kanadalik  diplomat  Deril  Kopeland 

“Partizan  diplomatiyasi:  xalqaro  munosabatlarning  qayta  mushohadasi”  asarida 

geodiplomatiya (geodiplomatics) iborasi sobiq Britaniya diplomati Peter Marshall 

va  Vestministr  universiteti  London  diplomatik  akademiyasi  direktori  Nabil  Ayad 

tomonidan  kashf  etilganini  qayd  etadi.  Kopeland  o‘zining  professor  Ayad  bilan 




bo‘lgan  shaxsiy  suhbatida  geodiplomatiyani  “global  strategik  halqaning  eng 

ta’sirchan  menejmenti”

21

 sifatida  baholab,  bu  borada  hamfikr  bo‘lganini  yozadi. 



Bizning  fikrimizga  ko‘ra,  geodiplomatiya  hayotiy  muhim  makonda  o‘z 

manfaatlarini  ta’minlashda  diplomatik  vositalardan  samarali  foydalanish,  tashqi 

siyosatda  mintaqaviy  muammolarni  o‘zaro  muzokaralar  orqali  hal  etishga 

asoslangan  tizimli  mexanizmlar  majmuasidir.  SHunday  bo‘lsada,  geodiplomatiya 

paradigma  sifatida  ommaviy  ravishda  rivojlanmadi.  Zeroki,  aksariyat  olimlar 

geosiyosiy jarayonlarni nazorat qilishda asosiy vosita sifatida xaos ustuvor, degan 

tezisga asosiy e’tiborini qaratishgan. Ayni shu jihatdan, geodiplomatik paradigma 

geosiyosatning  asosiy  paradigmalari  orasidan  keng  o‘rin  egallamadi.  Biz  ushbu 

paradigmani yuqorida zikr etilgan paradigmalar qatoriga kiritish zaruriyati dolzarb 

masalalardan  biri  ekanligini  qo‘llab-quvvatlaymiz.  Bu  zamonaviy  geosyosatning 

nazariy  manzarasini  yanada  teran  anglashga  va  yangi  pragmatik  qarashlarni 

shakllanishiga ilmiy ko‘mak berishi shubhasiz.  

 

                                                           



21

 Daryl  Copeland.  Guerrilla  Diplomacy:  Rethinking  International  Relations.  LYNNE  RIENNER.  2009.  –  P.19. 



https://www.rienner.com/title/Guerrilla_Diplomacy_Rethinking_International_Relations 

Download 365.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling