Paradigmalari


Download 365.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi365.85 Kb.
#262222
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1

“Dengiz” (talassokratiya) dualizmi paradigmasi deb nomlanadi.     

XXI  asr  xalqaro  siyosiy  jarayonlarida  yuz  bergan  hodisalar,  ayniqsa 

mintaqalardagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi gesiyosatni yangicha talqinda idrok 

etish  va  unga  nisbatan  zamonaviy  paradigmalarni  joriy  etish  zaruriyatini  keltirib 

chiqardi.  Bunday  qarashning  asosiy  sababi  shuki,  geosiyosiy  ta’sir  vositalarining 

turlari va ko‘rinishlari kengayib borgani sayin geosiyosatning zamon voqeliklariga 

moslashgan barcha yangi nazariyalari tadqiq etila boshlandi. Ayniqsa, hozirgi davr 

geoyosati  va  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  o‘rganishda  ozarbayjonlik  olim  A. 

Hasanovning  “Geosiyosat”  kitobi  muhim  ahamiyatga  ega.  Unda  yozilishicha, 

bugungi geosiyosatchilarning ko‘pchiligi jahonning hozirgi geosiyosiy xaritasi va 

tuzilmasiga klassik geosiyosatda qo‘llanadigan paradigmalar (o‘lcham va baholash 

qoliplari)ni  tatbiq  etishni  maqbul  ko‘rmaydilar.  Hozirgi  vaqtda  siyosatshunoslar 

jahon geosiyosiy tuzilmasini quyidagicha tasavvur etishadi:  

1. Kanada  va  Meksika  bilan  birgalikda  AQSH  hamda  uning  ittifoqchilari  – 

Evropa Ittifoqi mamlakatlari;  

2. Xitoy,  Yaponiya,  Hindiston  va  Janubi-SHarqiy  Osiyoning  boshqa 

rivojlangan mamlakatlari;  

3.  Rossiya  va  sovetlardan  keyingi  makonda  uning  ta’sir  doirasiga  kiruvchi 

mamlakatlar va pravoslav-slavyan dunyosi mamlakatlari; 

4.  Islom dunyosi va uning Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Pokiston kabi 

mintaqaviy rahnamolari va boshqa mamlakatlar;  

5.   Afrika qit’asi mamlakatlari va ularning uyushmalari;  

6.  Lotin Amerikasi mamlakatlari.  

Mohiyat  e’tibori  bilan,  bu  markazlarning  birontasi  bir  xil  emas  va  har  bir 

mamlakat o‘z tuzilmasi doirasida boshqalarnikidan farqli manfaatlarga, geosiyosiy 



kod  va  koordinatlarga,  harbiy  va  siyosiy  maqsadlarga,  tashqi  dunyo  bilan 

munosabatlarning o‘z mezonlariga ega

15



S.f.d.  professor  R.Muxaev  geosiyosat  mohiyatini  kengroq  anglashga 



bag‘ishlangan “Geosiyosat” kitobida fanda mavjud bir qator asosiy paradigmalarni 

misol qilib keltiradi: 

1.  Institutsional-huquqiy paradigma – davlat yoki millat; 

2.  Geosiyosiy paradigma; 

3.  Geoiqtisodiy paradigma; 

4.  Geomafkuraviy paradigma; 

5.  Geotsivilizatsiya paradigmasi

6.  Geoaxborot paradigmasi

16

.      


Institutsional-huquqiy  paradigma  (davlat  yoki  millat)  tarafdorlari  geosiyosiy 

makonning asosiy komponenti davlat, millat va xalqaro huquqdir, deb baholashadi.  



Geosiyosiy  paradigma  mohiyatida  geografik  determenizm  asosiy  o‘rinni 

egallaydi va u hokimiyat uchun kurashning hal qiluvchi vositasi hisoblanadi.   



Geoiqtisodiy paradigmada hududiy hukmronlikning asosiy ta’sir usuli moliya 

va  iqtisodiy  resurslar  monopoliyasi  bo‘lib,  uning  aktorlari  Transmilliy 

korporatsiyalar hisoblanadi. 

Geomafkuraviy  paradigma  vakillarining  izohlashicha,  geosiyosat  mafkurasiz 

mavjud  bo‘lmaydi,  ular  o‘zaro  bog‘liq.  Mazkur  paradigmaga  ko‘ra,  geosiyosiy 

ustunlikni g‘oyalar kurashida g‘olib bo‘lish omili belgilaydi.  

Geotsivilizatsiya  paradigmasi.  Sovuq  urush  va  kommunizm  barham 

topgandan  keyin  turli  kuchlar  ta’sirida  dunyoning  yangi  siyosiy  manzarasi 

shakllandi. YAngi qarashlar va konsepsiyalar paydo bo‘ldi. Geosiyosatga nisbatan 

sivilizatsion  yondashuv  shunday  qarashlardan  biri  bo‘lib,  barcha  xalqlar  uchun 

yagona va umumiy o‘lchov mavjud emas, har bir kishilik jamiyati noyob va o‘ziga 

xos,  degan  g‘oyani  o‘rtaga  tashladi.  Bunday  nuqtai  nazarni  rus  olimlari  N.YA. 

Danilevskiy,  K.N.  Leontiv,  P.A.  Sorokin,  nemis  faylasufi  O.  SHpengler, 

                                                           

15

 Ҳасанов  А.  Геосиёсат.  Озарбайжончадан  Б.Муҳаммадшариф  таржимаси.  –  Т.:  Тамаддун,  2016.  –  С.  394-



395. 

16

 Бу ҳақида батафсил қаранг: Мухаев Р.Т. Геополитика. Учебник. -2-е изд., перераб. и доп. – М.: 2012. – С. 



28-45.  


shuningdek,  ingliz  tarixchisi  A.  Toynbi  ilgari  surishdi.  Ular  orasidan  N.YA. 

Danilevskiy  “Rossiya  va  Evropa”  asari  orqali  geosiyosatda  muhim  rol  o‘ynovchi 

sivilizatsion  sintez  sifatida  yagona  millat  sivilatsiyani  targ‘ib  etuvchi 

“umumslavyan  ittifoqi”  (panslavyanizm)  nazariyasini  tushuntirib  berdi.  Qolgan 

olimlar  esa,  geotsivilizatsiya  paradigmasining  markazin  o‘rnida  din  turadi

17

,  deya 



baholashdi.  Alohida  qayd  etish  lozimki,  geotsivilizatsiya  paradigmasi  rivojiga 

S.Xantingtonning  “Sivilizatsiyalar  to‘qnashuvi”  asari  ilmiy  jilo  baxsh  etdi. 

S.Xantingtonning  qat’iy  ishonchiga  ko‘ra,  insoniyat  tarixi  –  bu  sivilizatsiyalar 

tarixidir, kelajakdagi kuchlar bloki u yoki bu sivilizatsiyalarga tegishlilik asnosida 

o‘lchanadi  va  yakunda  odamlar  uchun  siyosiy  mafkura  yoki  iqtisodiy  manfaat 

muhim  bo‘lmaydi.  S.Xantington  ushbu  asarida  bugungi  kundagi  8  ta  asosiy 

sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatadi: 

1.  Xitoy sivilizatsiya; 

2.  Yapon sivilizatsiyasi; 

3.  Hind sivilizatsiyasi; 

4.  Islom sivilizatsiyasi; 

5.  Pravoslav sivilizatsiyasi; 

6.  G‘arb sivilizatsiyasi; 

7.  Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi; 

8.  Afrika sivilizatsiyasi

18

.      



Umuman,  Xantington  konsepsiyasi  zamirida  kelajak  geosiyosatining 

yadrosida  sivilizatsiyalar  o‘rtasida  to‘qnashuv  muqarrar,  degan  qarash  yaqqol 

ko‘zga tashlanadi.  


Download 365.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling