Paradigmalari


Download 365.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana09.01.2022
Hajmi365.85 Kb.
#262222
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1

Geoaxborot paradigmasi. Zamonaviy dunyoda informatsion davlat va jamiyat 

shakllanishi  bilan  axborot  omili  geosiyosatning  qudratli  qurollaridan  biriga 

aylandi.  Bizning  fikrimizcha,  geoaxborot  quroli  geosiyosat  mexanizmlari  ichida 

eng  ta’sirchan  va  xavflisi  hisoblanadi,  zeroki  axborot  maydonida  barcha  uchun 

yagona bo‘lgan global nazorat mavjud emas.  

                                                           

17

 Геополитическая парадигма. https://helpiks.org/8-71622.html 



18

 Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. – ACT, 1996. – C. 26-32. 




Ta’kidlash  joizki,  yuqorida  keltirilgan  zamonaviy  paradigmalar  orasida 

geosiyosiy  paradigma  alohida  ajralib, qolgan  paradigmalar  uning  tarkibiy  qismini 

tashkil  etadi.  Geosiyosiy  paradigmani  boshqa  shaklda  ifoda  etuvchi  konseptual 

qarashlar  ham  yo‘q  emas.  Masalan,  siyosiy  texnolog,  jurnalist  E.A.  Senshin 

geosiyosiy konsepsiyalarning quyidagi turlari klassifikatsiyasini taklif etadi: 

1.  Klassik  geosiyosat.  Ushbu  konseptual  qarashda  geografik  determenizm 

tamoyili ustuvorlik kasb etadi va unda geosiyosat aktori davlat, hududiy makon esa 

uning asosiy paradigmasidir. 

2.  Revizionistik  geosiyosat.  Bu  konsepsiyaga  binoan,  davlatlar  ittifoqi  va 

bloklar  geosiyosiy  aktorlar  hisoblanadi  va  uning  asl  mohiyatida  mafkuraviy 

paradigma yotadi. 

3.  Modernistik geosiyosat. Unga ko‘ra, davlat siyosatini iqtisodiy paradigma 

belgilaydi.  Uning  aktorlari  esa  Transmilliy  va  nohukumat  siyosiy  tuzilmalar 

hisoblanadi

19



Hozirgi  davr  geosiyosiy  tendensiyalari  bir  mintaqada  sodir  bo‘lgan 



o‘zgarishlar tez orada boshqa mintaqaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatish xususiyatiga 

ega  ekanligi  bilan  ahamiyatga  molikdir.  SHu  boisdan,  aksariyat  tadqiqotchilar 

hozirgi  davr  geosiyosiy  jarayonlarini  globalizatsiya  omili  bilan  bog‘liq  ravishda 

ko‘rib  chiqish  zarur,  deb  hisoblashmoqda.  Xususan,  Arizona  universiteti 

sotsiologiya  maktabi  direktori  A.Bergesen  va  Jahon  hamjamiyati  fondi  prezidenti 

K.Sater  fikrlariga  ko‘ra,  XXI  asrda  geosiyosat  va  globalizatsiya  o‘rtasida  uzviy 

bog‘liklik vujudga kelmoqda, geosiyosatni amalga oshirish vositalari ham doimiy 

ravishda  o‘zgarib  borayotir,  shu  nuqtai  nazardan  ham  jahon  geosiyosiy  tizimida 

qudratli kuchlarning manfaatlari ma’lum bir hududda to‘qnashishi natijasida uning 

boshqa  hududlarga  ta’sir  etish  holatlari  ham  o‘z-o‘zidan  namoyon  bo‘lmoqda

20



Bizningcha,  bunday  qarashni  “geosiyosiy  globalizm”  tushunchasi  bilan  ifodalash 



maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  “Geosiyosiy  globalizm”ning  mohiyati  shundan 

                                                           

19

Сеньшин Е.А. Эволюция геополитических парадигм в трансформирующемся мире // Известия Уральского 



государственного университета. Сер. 3, Общественные науки. № 48, вып. 2. 2007.– С.60-61. 

20

Bergesen A. Suter Ch. The Return of Geopolitics in the Early 21



st

 Century: The Globalization/Geopolitics Cycles / 

The Return of Geopolitics. World Society Foundation Zurich, Switzerland, 2018. – P.7.   



iboratki, globalizm geosiyosiy xususiyat kasb etadi, uning asl zamirida geosiyosiy 

maqsadlar  yashirin  bo‘ladi.  O‘z  navbatida,  zamonaviy  geosiyosat  mintaqalarda 

neft, gaz va boshqa tabiiy resurslar uchun kurash, axborot va savdo urushi singari 

omillarni  o‘z  ichiga  olgan  yangi  davr  geosiyosiy  jarayonlari  bilan  ham  to‘lib 

bormoqda.  

Geosiyosatning  zamonaviy  paradigmalarini  tahlil  etar  ekanmiz,  muhim 

ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  konseptual  qarashlarni  ham  qalamga 

olishimiz lozim bo‘ladi. Xususan, shunday konsepsiya sirasiga Aerokratiya (Havo 

makoni)  va  Efirokratiyani  (Kosmos  makoni)  kiritish  mumkin.  Innovatsion 

strategik aviatsiyaning taraqqiy etishi, yangi yadroviy qurollarni fazoviy sinovdan 

o‘tkazishga urinishlar hamda shu orqali geosiyosiy istiqbolni tasavvur etish singari 

omillar Aerokratiya va Efirokratiyani dolzarb xususiyatini aks ettirmoqda. Bizning 

fikrimizcha, shu omillar o‘laroq, istiqboldagi geosiyosatda Heartland yoki Rimland 

modellaridan  ko‘ra,  “Airland”  modeli  ustuvor  o‘rin  egallaydi.  “Airland” 

formulasining  mohiyatini  quyidagicha  tasvirlashimiz  mumkin:  “Kim  Heartland 


Download 365.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling