Paradigmalari


Download 365.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi365.85 Kb.
#262222
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза 1



MA’RUZA № 1 GEOSIYOSAT NAZARIYALARI VA ZAMONAVIY 

PARADIGMALARI 

 

Reja: 

 

1.  Geosiyosat tushunchasi va mazmun-mohiyati 



2.  Geosiyosat nazariyalari 

3.  Geosiyosatning zamonaviy paradigmalari.  

 

Tayanch so‘z va iboralar: 

Geosiyosat,  siyosiy  geografiya,  Heartland,  Rimland,  Tellurokratiya, 

Talloskratiya, geoiqtisod, geostrategiya, geomafkura, geoaxborot, geosivilizatsiya, 

geodiplomatiya, aerokratiya, efirokratiya, mondializm.  

 

Jahon  siyosiy  xaritasini  tubdan  o‘zgarish  jarayonlari  ma’lum  mintaqalardagi 



o‘zaro  kurash  va  raqobatning  hosilasi  ila  shakllangan.  Uzoq  yillar  davomida 

makon va hududlarni harbiy yo‘l bilan egallash, uni mustamlakaga aylantirish va 

doimiy  nazorat  o‘rnatish  klassik  geosiyosiy  nazariya  va  qarashlarning  amaliy 

ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi. Vaqt o‘tgan sari geosiyosiy nazariyalar va uning 

amaliyoti  o‘zgarib  bordi,  yangi  ilmiy  qarashlar,  qonuniyatlar  va  konsepsiyalar 

paydo  bo‘ldi.  Garchi  imperialistik  mexanizmlar  barham  topib,  kurash  va 

raqobatning  shakl  va  usullari  bugungi  kunda  o‘zgargan  bo‘lsa-da,  strategik 

ahamiyatga molik hududlar va mintaqalarda o‘z ta’sirini saqlab qolish jarayonlari 

tabiiy  ravishda  davom  etib  kelmoqda.  Buni  juda  ko‘plab  siyosatchilar  hamda 

siyosiy fan olimlari “geosiyosat” iborasi bilan ifodalashadi.  

Xalqaro  munosabatlarda  “geosiyosat”  iborasining  paydo  bo‘lishi  XIX  asr 

oxiri  va  XX  asr  boshlariga  to‘g‘ri  keladi.  Geosiyosat  keyingi  yillarda  nafaqat 

alohida  fan  tarmog‘i  sifatida  shakllandi,  balki  dunyoda  ro‘y  berayotgan  siyosiy 

jarayonlarni  izchil  anglash  vositasi  va  ehtiyoji  sifatida  rivojlanib  bordi.  Ushbu 

ibora  dastlabki  bor  1899  yilda  shved  olimi  Rudolf  Chellen  tomonidan  ilmiy 

doirada  qo‘llanilgan  va  shu  boisdan  uni  ba’zi  manbalarda  “geosiyosat  otasi”  deb 

atashadi.  R.Chellen  geosiyosatni  davlatga  nisbatan  “geografik  organizm  yoki 



fazoviy  fenomen  sifatida  qaraydigan  ta’limot”,  deya  ma’lum  qiladi

1

.  Olimning 



geosiyosat  borasidagi  g‘oyalarini  metodologiyaning  sistemali  yondashuv  usuli 

bilan  baholash  mumkin.  Boshqacha  aytganda,  R.Chellen  hududlardagi  mavjud 

siyosiy voqeliklarni tizimlashtirgan holda “geosiyosat” iborasi orqali ilmiy shaklga 

keltirdi.  Biroq,  mazkur  iboraning  keng  ommalashuvida  nemis  olimi  Fridrex 

Ratselning  1897  yilda  chop  etilgan  “Siyosiy  geografiya”  asari  turtki  bo‘lgani 

ko‘pchilikka  ma’lum.  F.Ratsel  o‘z  asarida  “davlat  biologik  qoidalar  asosida 

harakatlanadigan  tirik  organizm  hisoblanadi”

2

,  degan  tezisni  ilgari  surdi.  Uning 



qarashlariga ko‘ra, davlat xuddi  daraxt singari erda  ildiz  otadigan  jonli organizm 

mahsuli bo‘lganligi sababli, uning mavjud xususiyati aynan hududi va joylashuvi, 

taraqqiyoti  esa  atrof-muhitga  qanchalik  muvaffaqiyatli  moslashishi  bilan 

belgilanadi. R.Chellen va F.Ratselning geosiyosat borasidagi dastlabki qarashlarini 

Markaziy  Evropaning  jahonda  maydonidagi  o‘rni  va  ta’sirini  belgilashga 

qaratilganligi bilan izohlashimiz mumkin.    

Jahon  siyosiy  xaritasi  o‘zgarishi  va  imperialistik  siyosatning  bir  qator 

ko‘rinishlarini  amaliyotga  tadbiq  etish  uchun  yangi  geosiyosiy  nazariyalar  va 

konsepsiyalarga ehtiyoj tobora ortib bordi. Natijada jahon geosiyosiy makonida bir 

qator paradigmalar birin-ketin paydo bo‘ldi. 

Klassik  geosiyosatning  markaziy  nazariyalari  yaratilishida  H.Makkinder, 

A.Mehen,  N.Spaykmen,  K.Xausxofer  va  boshqa  bir  qator  nazariyotchilarning 

salmoqli  hissasi  mavjud.  1904  yilda  ingliz  olimi  H.Makkinder  “Tarixning 

geografik  o‘qi”  nomli  ma’ruzasini  “Geografiya  juranali”da  chop  etdi  va  bu  fan 

tarixidagi  eng  yorqin  geosiyosiy  matnga  aylandi.  H.Makkinder  davlat  uchun  eng 

qulay  geografik  joylashuv  bu  uning  markazidir,  deb  hisoblaydi.  Uning  qayd 

etishicha, butun  jahon  nuqtai  nazaridan, erning  markazida  Evrosiyo  qit’asi, uning 

markazida  esa  “Heartland”  (Yerning  yuragi)  joylashgan.  Shundan  kelib  chiqib, 

H.Makkinder  quyidagi  konsepsiyasini  ilgari  surdi:  “Kim  Sharqiy  Yevropada 

hukmronlik  qilsa,  u  “Heartland”  ustidan  hukmronlik  qiladi,  kim  “Heartland” 

                                                           

1

 Rudolf  Kjellen  and  the  origin  of  geopolitcs.  https://geopoliticsresearch.wordpress.com/2015/04/21/rudolf-kjellen-



and-the-origin-of-geopolitics/ 

2

 Гаджиев К.С. Геополитика. Учебник / 4-е изд. –М. : Издательство Юрайт, 2011. – С .15. 




ustidan  hukmronlik  qilsa,  dunyo  orollarini  boshqaradi,  dunyo  orollarini 

boshqargan,  butun  dunyoni  boshqaradi”

3

.  Alohida  qayd  etish  joizki, 



H.Makkinderning  geosiyosiy  qarashlari  bir  qator  tadqiqotchilarni  qiziqishlariga 

sabab bo‘ldi. Bunday qiziqishlarning asosiy sababi Evroosiyoda sodir bo‘layotgan 

geosiyosiy  tendensiyalar  bilan  bevosita  bog‘liq  ravishda  ro‘y  berdi.  Ayniqsa, 

AQSH  Prezidentining  milliy  xavfsizlik  bo‘yicha  sobiq  maslahatchisi,  geostrateg 

Z.Bjezinskiy  “Buyuk  shaxmat  doskasi”  asarida  Yevrosiyoning  geosiyosiy 

ahamiyatiga urg‘u berib, shunday yozadi: “Yevrosiyo er sharidagi eng katta qit’a 

sanaladi  va  geosiyosiy  munosabatda  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Yevrosiyoni 

boshqargan  davlat  rivojlangan  va  dunyo  iqtisodiy  ishlab  chiqarish  hududlarining 

uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Yevrosiyo nazorati o‘z-o‘zidan, deyarli dunyo 

markaziy  qit’asining  geosiyosiy  pereferiyasi

4

da  joylashgan  Okeaniya  va  G‘arbiy 



yarimshar  hamda  Afrikani  o‘ziga  bo‘ysundirish  demakdir.  Evrosiyoda  dunyo 

aholisining  75  foizi  istiqomat  qiladi,  dunyo  tabiiy  boyliklarining  katta  qismi  shu 

erda  va  uning  ostida  joylashgan.  Shu  tariqa,  Yevrosiyo  o‘zida  global  boshqaruv 

uchun kurashga chorlaydigan shaxmat doskasini namoyon etadi”

5

.   


Jahon  geosiyosiy  boshqaruvida  Amerikaning  qudratini  belgilovchi  qarashlar 

amerikalik  admiral A.Mehenga tegishli. A.Mehen  “Dengiz qudratining tarix  uzra 

ta’siri  (1660-1783)”  deb  nomlangan  kitobida  dengiz  qudratiga  (Sea  Power)  ega 

bo‘lish  jahon  hukmronligining  asosiy  omili  hisoblanishini  yozadi.  Uning  fikriga 

ko‘ra,  davlatning  dengiz  qudratiga  ta’sir  etuvchi  asosiy  shart-sharoitlari  quyidagi 

tushunchalarda o‘z aksini topadi: 

Geografik 


Download 365.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling