Paradigmalari
Download 365.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 1
yoki Rimlandga hukmronlik qilishni istasa, Airlandni zabt etishi lozim bo‘ladi.
Airland esa, jahon boshqaruvi kalitidir”. Boshqacha aytganda, Airland modeli geosiyosatning dolzarb ob’ekti dengiz yoki quruqlik emas, balki havo va kosmos bo‘lishini nazarda tutadi.
Ko‘pchilik geosiyosatshunoslarning zamonaviy paradigmalarga nisbatan bildirgan yondashuvlari yuqorida keltirilgan paradigmalar bilan deyarli o‘xshash va yakdildir. Geosiyosat nazariyachilarning nazaridan chetda qolgan ayrim paradigmalar ham mavjudki, ularga shu o‘rinda to‘xtalishimiz o‘rinli bo‘ladi. Ana shunday paradigmalardan biri geodiplomatik paradigmadir. Alohida qayd etishimiz lozimki, geodiplomatik paradigmaning nazariy asoslari va amaliy jihatlari borasida olib borilgan tadiqoqotlar juda kamyob. Kanadalik diplomat Deril Kopeland “Partizan diplomatiyasi: xalqaro munosabatlarning qayta mushohadasi” asarida geodiplomatiya (geodiplomatics) iborasi sobiq Britaniya diplomati Peter Marshall va Vestministr universiteti London diplomatik akademiyasi direktori Nabil Ayad tomonidan kashf etilganini qayd etadi. Kopeland o‘zining professor Ayad bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatida geodiplomatiyani “global strategik halqaning eng ta’sirchan menejmenti” 21 sifatida baholab, bu borada hamfikr bo‘lganini yozadi. Bizning fikrimizga ko‘ra, geodiplomatiya hayotiy muhim makonda o‘z manfaatlarini ta’minlashda diplomatik vositalardan samarali foydalanish, tashqi siyosatda mintaqaviy muammolarni o‘zaro muzokaralar orqali hal etishga asoslangan tizimli mexanizmlar majmuasidir. SHunday bo‘lsada, geodiplomatiya paradigma sifatida ommaviy ravishda rivojlanmadi. Zeroki, aksariyat olimlar geosiyosiy jarayonlarni nazorat qilishda asosiy vosita sifatida xaos ustuvor, degan tezisga asosiy e’tiborini qaratishgan. Ayni shu jihatdan, geodiplomatik paradigma geosiyosatning asosiy paradigmalari orasidan keng o‘rin egallamadi. Biz ushbu paradigmani yuqorida zikr etilgan paradigmalar qatoriga kiritish zaruriyati dolzarb masalalardan biri ekanligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu zamonaviy geosyosatning nazariy manzarasini yanada teran anglashga va yangi pragmatik qarashlarni shakllanishiga ilmiy ko‘mak berishi shubhasiz.
21 Daryl Copeland. Guerrilla Diplomacy: Rethinking International Relations. LYNNE RIENNER. 2009. – P.19. https://www.rienner.com/title/Guerrilla_Diplomacy_Rethinking_International_Relations Download 365.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling