* kadrlarni xizmat lavozimlari bo’yicha yuqori pog’onaga ko’tarish;
* yollash shartlari, mehnat va unga haq to’lash sharoitlari;
* mehnat
4.Ishlab chiqarish jarayoni nazorati.
Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas
bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi,
katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy
jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi
(masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar
yoki detallar
moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon
ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi. Mehnat jarayoni – bu,
jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga
qaratilgandir.Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal
qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun
texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo va
materiallarning tarkibi,
me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart). Hozirgi zamon
korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirish uchun, ishlab
chiqarish va
mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab
chiqarish binosi, yoritish qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu
sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi
yo mutlaqo mumkin emas yoki
faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. at jamoasida qulay ruhiy
(psixologik) muhitni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: