15.Moddy,
moliyaviy, intellektual va mehnat yo‘qotishlari
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi.
Bunga ilmiy va
pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati,
tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat
faoliyatini tashkil etish, bir
tomondan, uning asoslarini (huquqiy,
ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga
kelishga ikkinchi tomondan, mehnat
faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab
chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan
huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona
ishlab chiqarish
bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini
tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma
ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona
egasi bilan yollanma