Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi
Download 426.62 Kb. Pdf ko'rish
|
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi
O`tkazish usuli. Avval yallig’lanishni qonservativ davo orqali bartaraf
etiladi va tish toshlari tozalanadi. Antiseptik ishlov va og’riqsizlantirishdan so`ng cho`ntaklar tubi proektsiyasi aniqlanadi. Buning uchun zond ishlatiladi. Lunj yoki til tomondan belgilar qo`yilib ular o`zaro tutashtiriladi. Bu kesim chizigi. Milk chetidan 45 gradus ostida yumshoq to`qimalar kesiladi. Ochilgan tish ildizini qo`shimcha ishlov beriladi. Jaroxatni xlorgeksidin tutuvchi moddalar bilan ishlov beriladi. Bu oddiy muolaja mustaxkam effekt beradi, lekin kamchiliklardan xoli emas. Birinchidan, al’veolyar suyakka to`liq ishlov berilmaydi. Ikkinchidan, tish ildizlari ochilib qoladi va termik yoki kimyoviy ta`sirotlar natijasida og’riq yuzaga keladi. U esa qo`shimcha davo talab etadi. Ammo, uncha katta bo`lmagan uchoqlarda, ayniqsa chaynov tishlar sohasida bu muolaani o`tkazish maqsadga muvofikdir. Frontaltishlar sohasida kosmetik defektni hisobga olib, bunday muolaja o`tkazilmaydi. Mustasno holat, bu gipertrofik gingivit va milklar fibromatozi. Bunday xollarda o`sib ketgan milklarni olib tashlanishi yaxshi kosmetik effekt beradi va asosiy davo hisoblanadi. Paradontitda esa boshqa davo boshqa yullar bilan amalga oshiriladi. Bunda paradontal cho`ntaklar mikrob to`plamlaridan, tish toshlaridan, to`qima detridlaridan, granulyatsion to`qimadan va epiteliy qavatlaridan yaxshilab tozalanishi kerak. Bunday kyuretaj uncha qiyin emas. Qiyinchilikni, xirurgik davoga tayyorgarlik va undan keyingi muolajalar tug’diradi. Ularni kulami va turi paradontitni patogenetik mexanizmlariga bog’liq. Operativ muolajalarni og’iz bushligi gigienik holati qoniqarsiz sharoitda o`tkazib bo`lmaydi. Gigienik ta`lim va qayta nazorat eng muxim bosqichlardan biri. Paradontdagi davo muolajalar doim kompleks ravishda o`tkaziladi. Ba`zi bosqichlarni inobatga olmaslik davoga olib kelmaydi. SHuning uchun bo`lsa kerak, mutaxasislar va bemorlar orasida bu kasallik davolanib bo`lmaydigan deb hisoblanadi. eng og’ir bosqichi xirurgik davo bo`lgani uchun, xirurg butun davo kompleksini nazorat qilishi kerak. Xirurgik davoni yallig’lanishni klinik belgilari bartaraf etilgandan keyin boshlash kerak. CHunki u qo`shimcha jaroxat etkazishi mumkin. Tishlarni terapevtik davosi xam muxim ahamiyatga ega. Undan ko`zlangan maqsad mikroblar uchog’ini hosil bo`lish joylarini kamaytirishdan iboratdir. To`qimalar regeneratsiyasi qon quyiqasi hisobiga amalga oshiriladi. Bu juda o`zoq davom etuvchi jarayon bo`lib, qon quykasini o`zoq vaqt mobaynida saqlanishini talab etadi. Tishlar qimirlashi ko`zatilmasa davo ancha engillashadi. Maxalliy yallig’lanishga qarshi davodan so`ng, tanlab olingan charxlash o`tkazish kerak. Tishlarni qo`shimcha stabilizatsiyasini shinalar yoki kompozit materiallardan tayyorlangan vaqtinchalik shinalash orqali amalga oshiriladi. Download 426.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling