Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Tetratsiklinagidroxlorid namlangan kukuni 4-5 minutga quyilganda xuddi 
shunday effekt beradi. Qo`shimcha xususiyati bo`lib, uning antimikrob ta`siri 
hisoblanadi. klinitsistlar tomonidan uni ko`p ishlatilishi asosiy sababi, 
operatsiyadan keyingi bir necha kunda antimikrob effekt va qon qo`yiqasi saqlanib 
turib, reparatsion jarayon boshlanishiga yaxshi muxit yaratadi. 
Fibronektin applikatsiya uchun eritmasi laxtak fiksatsiyasini yaxshilaydi. 
CHunki u juda yopishqoq bo`lib, fibrotsitlar o`sishini stimullaydi va hosil bo`lgan 
qon 
quyqasini 
saqlaydi. 
Fibronektinni 
demineralizatsiyalovchi 
effektini 
kompensatsiya qilish uchun uni tetratsiklin yoki limon kislota bilan ishlov 
berilgandan keyin qo`llashadi. 


Suyak plastika uchun materiallar xilma-xilligi absolyut effektiv material 
yo`qligidan dalolat beradi, sun`iy membranalarni ishlatilishi paradontal xirurgiyani 
dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmokda. 
Protezlashda bir nechta kamchiliklarga suyak to`qimasini o`zi xam ega 
bo`ladi. Tish olingandan keyin al’veolyar usiqlar baland chiqib turishi, vestibo`lyar 
devorlar oldinga siljishi mumkin. Suyakdagi atrofik jarayonlar, ko`prok vertikal va 
oldi orka yunalishda, jag’lar disproportsiyasi, al’veolyar usiqlar orasidagi masofa 
o`zayishi, ularni qalinligi kamayishi protezlash o`tkazishga qarshi ko`rsatma 
hisoblanadi. Ko`p xollarda protezlash parodontit, paradontoz tufayli jag’lardagi 
atrofik jarayonlarni og’irlashuviga olib keladi. 
YUqori jag’da ikkita plastinka birikkan joyda tanglay dumbog’i yaqqol 
namoyon bo`lishi mumkin. Markaziy tishlarni yukolishi jag’lararo okklyuzion 
munosabatlarni buzilishiga olib keladi. Molyar tishlar yuqotilganda antogonistlar 
bilan o`zaro nisbat buzilishi mumkin. 
Pastki jag’da al’veolyar usiqni torayishi, uning atrofiyasi, buning natijasida 
daxan dumbog’i, qiyshiq chizig’i oldiga burtib chiqadi va o`tkir uchlarga ega 
bo`ladi. 
R. Popkins (1985) fikricha, protezlashga tishlardagi surunkali kasalliklar 
tufayli yuzaga keladigan mikrostomiya xalaqit berishi mumkin. 
Protezlashga yumshoq to`qimadagi (shilliq qavat va suyakusti pardasi) 
o`zgarishlar xam xalakit berishi mumkin. Tish olingandan keyin ol’veolyar usiq 
shilliq qavati chandikli bitishi mumkin. Ba`zida suyak usti pardasi xam o`zgarishi 
mumkin. Giperplastik o`zgarishlarda protezlar natijasida yuzaga keladigan 
surunkali jaroxatlar ahamiyati katta. Bunday o`zgarishlar yallig’lanish jarayonlari 
bilan ko`zatilishi mumkin.
Suyak atrofiyasi og’iz daxlizi gumbazi kichrayishiga, lab va til 
yuganchalarini burtishiga, shilliq va mushak tortishishlariga, ularni ol’veolyar 
usiqka yaqinlashishiga olib kelishi mumkin. 
Ilgari qabul qilingan Xalqaro klassifikatsiyasi bo`yicha implantatsiya 
allotransplantatsiyaga, yangi bo`yicha eksplantatsiyaga kiradi. SHu bilan bir 
vaqtda xorijiy va yurtimizdagi adabiyotlarda «implantatsiya» terminidan, asosan 
tish konstruktsiyalariga nisbatan qo`llanadilar. 
Xirurglik stomatologiyasida tish va yuz-jag’ implantatsiyasini farqlash 
qabul qilingan. 


Tish implantatsiyasining taraqqiyoti tish davolashning xirurgik bo`limi va 
yuz-jag’ xirurgiyasi bilan bog’liq. Qadim zamonlardan odamlarni yo`qotilgan yoki 
yomon tishlarni almashtirish haqidagi savol qiziqtirgan. Sun`iy tishlarni tadbiq 
etish qadimda qo`llanilgan, bu haqida Misrda, Markaziy Amerika, Xitoy va boshqa 
mamlakatlarda geologik qazish ishlarida topilgan implantatsion konstruktsiyalar 
guvohlik beradi. M.Arnaudow i U. Gerlich 1972, ma`lumotlari bo`yicha, 1100 
yilda 
Spaniard 
Alabusasim 
birinchi 
bo`lib, 
tish 
retrotransplantatsiyasi 
(replantatsiya) va transplantatsiyasi muammosini ilgari surdi. Ammo XVII—XIX 
asrgacha bu amaliy tatbiqini topmadi, keng tarqalgan sifilis, tuberkulez kabi 
infektsion kasalliklarning keng tarqalishi esa tish transplantatsiyasini qo`llanish
imkoniyatini chekladi. 
XIX asrning oxirida tish allotransplantatsiyasiga ilmiy asos solindi. Bu 
yunalishning 
pionerlari 
bo`lib, 
I.Magillo, 
Η.Edmunds (1886, 1887), 
Η.Η.Znamenskiy (1891), Α.Hartmann (1891), R.Payne (1898) hisoblanadilar. 
Material 
sifatida 
ular 
oltin,kumish, 
shuningdek 
farforni 
qo`llaganlar. 
Konstruktsiyalar shtiftlar, kapsulalar, trubkalar, «savatchalar» ko`rinishiga ega 
bo`lgan. Zamonaviy vintli implantatlarning vakiliga R.Adams va A.Strock 
konstruktsiyasini keltirish lozim. Birinchisi 1937 yil yuzasida vint qirqimli 
implantatni tavsiya etdi, ikkinchisi 1939 yilda kobal’t, xrom va molibdendan 
implantat tayyorlashni tavsiya etdi. Tish implantatsiyasining rivojlanishida P. 
Schercheve (1940) katta hissa qo`shdi. 
Rossiyada 
tish 
odontoplastikasi, 
shu 
jumladan 
replantatsiyasi, 
transplantatsiyasi va allotransplantatsiyasi 50-yillarda faol rivojlana boshlandi. Bu 
plastmassani (Vares e.YA., 1955; Braxman G.B., 1956] va xromokobal’tli 
qotishmani (Mudriy S.P., 1956] tish va jag’ implantatlari sifatida qo`llash 
xarakatlarini aniqlab berdi. O`sha davrda I.Scialom (1952), L.Linkow (1954), 
S.Tramonte (1965), G.Murratori (1969), P.Paskialini (1969) va boshqalar. turli xil 
tish implantatlarini ishlab chiqganlar. Biroq bu harakatlar rasmiy quvvatlanmadi va 
shuning uchun keng tadbiqini topmadi. Aynan shu vaqtda bu novatorlik ishlari ikki 
turdagi suyak ichi implantatlarini (yassi formadagi va dumaloq formadagi tish 
ildizi) yaratish va implantatlarni stomatologik amaliyotiga tadbiq etish uchun asos 
bo`lib xizmat qildi.
60-70 yillarda yig’ilgan tish implantatsiyasidagi katta tajribaga qaramay, 
bu davolash usulini maxsus muhokama qilgan Garvard konferentsiyasining 
(1978) ishtirokchilari, u uchun qator cheklashlarni qo`yish zarur deb 
hisobladilar. Faqat 1987 yilda Amerika instituti bilan va 1988 yilda Frankfurt-
na-Mayneda (Germaniya) o`tgan implantatsiya bo`yicha xalqaro 


konferentsiyada tish implantatsiyasi usullari to`liq tan olindilar va 
ma`qo`llandilar. 
XX asrning 40-yillarigacha tish implantatsiyasining tarixi, tish ildizi 
formasida konstruktsiyalar bilan bog’liq. O`sha yillarda, o`zining keng 
qo`llanilishini topmasada, suyak usti tish implantatlari yangi yunalish bo`ldilar. 60-
yillarda yaratilgan yassi implantatlar birinchi bo`lib, keng tarkala boshladilar. Ular 
80-yillarning boshlariga dominantlik qildilar, shunda osteintegratsiyani ko`zatish 
imkoni tug’ildi va Branemark sistemasi tish ildizi formasidagi implantat mashhur 
bo`ldi. SHundan boshlab, tish ildizi formasidagi turli xil konstruktsiyalar tish 
implantatsiyasida etakchilikni mustaxkam ushlab turibdi, lekin yassi va suyak usti 
osti konstruktsiyalar xam qo`llanilmokdalar. SHunga qaramay, tish ildizi 
formasidagi implantatlarni ishlab chiqarish va qo`llash taraqqiyoti pretsedentsiz 
bo`lib qoldi. 90-yillardaning boshlariga kelib, xorijda bunday implantatlarni 43 
firma ishlab chiqardi va bozorda 160 dan ortiq ularning konstruktsiyalari bor edi. 
SHuningdek, implantatlar yordamida davo oluvchi patsientlarning soni tez o`sib 
borardi. Faqat AKSHda 1990 yilda 20000 ga yaqin yassi implantatlar va 40000 
tish ildizi formasidagi konstruktsiyalar qo`yilgan edi. 1992 yilda xuddi shu 
mamlakatda, ba`zi baholar bo`yicha, barcha konstruktsiyalardagi implantatlardan 
300000 ga yaqin qo`yilgan edi. Evropa bozori ma`lumotlari bo`yicha 2001 yilga 
suyak ichi implantatlari barcha tish konstruktsiyalaridan – 98% ni, tish ildizi 
formasidagi implantatlar esa – 95% ni tashkil qilardi. Implantologiyada yangi 
yunalishlardan biri bo`lib, implantatlarni o`rnatishda xirurgik xarakatlarini 
soddalashtirilishi va vaqtinchalik – o`zi kesuvchi vintli implantatlar xamda mini-
implantatlar – konstruktsiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Oxirgilarini asosiy 
implantatlar o`rtasida xuddi vaqtinchalikdek qo`yadilar. Bu vaqtinchalik o`zi 
kesuvchi implantatlar bazasida, xam funktsional, xam estetik effektni ta`minlovchi 
tish protezlarini doimiylari ochilguncha konstruktsiya qilishga yo`l beradi. 
YAngi implantatsiya konstruktsiyalarni ishlab chiqish bizning mamlakatda 
va xorijda davom etmoqda. Ammo, tish implantatlari yordamida adentiya da`vosini 
oluvchi 
patsientlar 
sonining 
juda 
tez 
o`sishini 
faqat 
implantatsion 
konstruktsiyalarning mukamallashuvi bilan bog’liq deb hisoblash noto`gri bo`lar 
edi. Patsientlar kontingenti yuqori darajada o`sdi, chunki o`tgan asrning 80-yillari 
o`rtalarida implantatsion xirurgiyada diagnostika usullari mukammallashdi va 
bemorlarga suyak ichi implantatlarni qo`yish imkonini anchagina kengaytirgan 
qo`shimcha operatsiyalar mustaxkam o`rin egalladilar, lekin ularning anotomik 
yoki qandaydir patologik xususiyatlari sababli, buni ilgariroq qilish mumkin 
bo`lmagan. Qo`shimcha operatsiyalarga eng avvalo jag’ suyaklari rezorbtsiyasi 
patologik oqibatlarini yo`qotish kiradi. Tish implantatsiyasi uchun al’veolyar tojlar 


formasini xirurg-stomatologlar suyak-plastikasi yordamida to`zatadilar; implantat 
qo`yilgan joylarda suyak o`stirish uchun va yuqorigi jag’ bo`shlig’ini ko`tarish 
uchun turli trasplantatlarni qo`llaydilar. Suyak maxalliy defektlarini membrana 
yordamida yunaltirilgan regeneratsiya yo`li bilan yo`qotadilar. Pastki jag’ning 
distal qismlarida implantat qo`yish uchun zarur bo`shliqni pastki al’veolyar nervni 
lateral’ repozitsiyasi yo`li bilan yaratadilar. Suyak ichi (endodonto-endoosal’ va 
endoosal’), shilliq osti, suyak ustitagi, suyak orqali va kombinirlangan 
implantatlarni farqlaydilar. Tish-jag’ sistemasida funktsiyalari bo`yicha yuz va 
miya bosh suyagida implantatlar amortizatsion sistema bilan va usiz o`rin 
bosuvchilarga, tayanch, tayanch-o`rin bosuvchilarga bo`linadilar. Bioo`rindoshlik 
bo`yicha materiallar biotoleran (zanglamaydigan pulat, kxe), bioinert (alyuminiy 
oksidli keramika, uglerod, titan, titan nikelid) va bioaktiv (uch kal’tsiyfosfat, 
gidroksilapatit, shishakeramika) bo`lishi mumkin. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling