Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Operatsiya oldi muolajalar quyidagilarga qaratilgan bo`lishi kerak


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Operatsiya oldi muolajalar quyidagilarga qaratilgan bo`lishi kerak: 1) 
jag’ suyak to`qimalariga; 2) yumshoq to`qimalarga — shilliq qavat, suyak usti 
pardasi, jag’ga birikuvchi mushak to`plami; 3) uch shoxli nervni perferik shoxlari. 
Xirurgik davoga ortoped protezni to`liq tayyorlab berish imkoniyati 
bo`lmaganda yuborishi kerak. Bundan tashqari protezlashga sharoitni aniqlashda 
tashqari, bemorni psixoemotsional holatini inobatga olishi kerak.
Operativ aralashuvdan oldin xirurg anamnezni to`liq o`rganib chiqishi
barcha kuriklarni o`tkazishi, suyak va shilliq qavatdagi o`zgarishlarni umumiy 
patologiya bilan bog’liqligini aniqlay bilishi kerak. Bu onkologik ehtiyotkorlikni 
va infektsion va virusli kasalliklardan qiyoslay olish maxoratini talab etadi. 
Og’iz bushlig’i ko`rilganda: til va lab yuganchalar holatiga, shilliq qavatdagi 
tortishmalar, chandiklar va burmalarga, mushak tortishmalariga e`tibor berish 
kerak. YAllig’lanish alomatlari muxim o`rin tutadi.
Jag’lar atrofiyasi ortiqcha xarakatchan shilliq qavatni yuzaga keltiradi. 
YUmshoq to`qimalar holatini al’veolyar o`siq holati bilan to`ldiriladi. Suyakni 
balandligi va qalinligini o`lchanadi, konfiguratsiyasini aniqlashadi, o`tkir kirralar 
va ekzostozlarga ahamiyat beriladi.


Ikkala jag’da mushaklar birikkan joylar pal’patsiya qilinadi. Pastki jag’da 
al’veolyar usiq paypaslanib, bunda og’riqlik simptomi aniqlanadi. Unga sabab 
yuza joylashgan n.alveolaris inferior yoki mental teshikni yuqori joylashgani 
bo`lishi mumkin. 
Al’veolyar suyak plastikasi. Tish olingandan keyin al’veolyar usiqda 
deformatsiyalar hosil bo`lsa uni plastikasi o`tkaziladi. Buning uchun shilliq-suyak 
usti pardali laxtak deformatsiya sohasida ochiladi. Deformatsiya suyak qisqichlar
bor yoki frezalar yordamida olinadi. [Vasil’ev G. Α., 1972]. Bormashina bilan 
ishlaganda natriy xloridni izotonik eritmasi bilan sovutish kerak. O`tkir kirralar 
o`tmaslashgandan so`ng, laxtak joyga qo`yilib tikiladi.

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling