Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Kollagensimon membranalarni faqat S. Card (1989) o`rgangan. Buqalarni 
ko`r ichagi qavatidan olib, xromlashadi va tikuv materiali sifatida ishlatishadi. 
eksperimentda bunday membranalar 4-8 xaftada surildi. Uni tayyorlash qiyinchilik 
tugdirgani uchun, ishlatish samaradorligi past. 
Gidrolizirlangan poliefirni R. Caffesse i S. Nasjleti (1992) kuchuklarda 
eksperimentda o`rganishgan. Membranalar 3 oydan keyin surilgan. Suyak hosil 
bo`lish va tishmilk birikmasi hajmi oshganligi uni muvaffaqiyatini ta`minlab berdi.
Biodegradirlovchi poliefirni ortopediyada I. Magnusson (1990) qo`llagan. 
Bir oydan so`ng yangi birikma, 3 oydan so`ng esa suyak hosil bo`lgan. Membrana 
6 oydan so`ng surilgan. S. Yamada (1991), J. Gottow (1992), L. Laurell (1992) 
eksperimentda va klinikada olgan natijalari o`xshash bo`lgan. 
Vikril macca (Polyglactin 910) — sintetik modda, glikolid va laktidni 
o`zida 9:1 nisbatda tutadi. Neyroxirurgiyada tikuv materiali sifatida ishtiladi. 
Klinik amaliyotda milk lokal retsessiyasida va suyak defektlarini bartaraf etishda 
ishlatiladi. YUmshoq to`qimalar retsessiyasi kontrol’ guruxga nisbatan 4 marotaba 
tezrok yuzaga keladi. Ildizlar orasidagi defektlar kamayadi, lekin to`liq bekilmaydi 
[Quinones S. et al., 1991].
Suriladigan va surilmaydigan membranalar orasidagi farq uncha katta emas. 
Suriluvchi membranalar orasida regenerator potentsiali yuqori vikril massa, 
biodegradirlovchi poliefir va kollagen xossalari hisoblanadi. surilmaydigan 


membranalar bilan bir qatorda bunday membranalar tish milk birikmasi va suyak 
hajmini 2-3 barovar oshiradi. 
I. Magniisson (1990), N. Claffey (1989), U. Wikesjö (1991) fikricha, 
membranalarni effektivligi ularnining maxsusligi bilan emas, balki aniq bir holatda 
qon qo`yiqasini saqlashga va normal transformatsiyasini ta`minlashga bog’liq.
Tish ildizlarini kimyoviy biomodifikatsiyasi uchun ishlatiladigan dori 
vositalar. Tish ildizi yuzasi milk retsessiyasi yoki paradontal cho`ntaklar ichida 
yalang’ochlanib qolganda, ularga mexanik ishlov natijasida tsementdan toksinlar 
va oksil agreratlarini yuqotish imkoni bo`lmaganda dori vositalar bilan ishlob 
berish extiyoji tug’ildi. Buning natijasida shu soha shilliq-suyakusti pardali laxtak 
bilan yopilganda yumshoq to`qimalar va tish ildizi yuzasida zich birikma hosil 
bo`lmaydi. 
Kollagen tolalar dentin kanallari yoki tsement to`qimalari orasiga o`sib 
kirishi zarur. Milk retsessiyasida ildiz yuzalari silliqlashgan bo`ladi, dentin kanallar 
chiqaruv yullari to`z qatlamlari bilan berkitilgan bo`ladi. YUmshoq to`qimalar va 
ildiz yuzasi orasidagi bog’liqlikni mustaxkamlash uchun, birinchidan, chikaruv 
yullarini ochish kerak, ikkinchidan, undan patologik to`qimalarni bartaraf etish 
kerak. Xozirgi vaqtda turli xil moddalar ishlatiladi, lekin aksariyat xollarda limon 
kislotasi, tetratsiklin va fibronektin ishlatiladi. 
Limon kislotasi 18 % eritma sifatida (pH 1,0) applikatsiya yuli bilan 0,5—
1 minutga qo`yiladi. Uning toksikligi atrof to`qimalarga minimal bo`ladi. Bunda 
ildiz yuzasidagi oksil konglameratlar yo`qoladi, dentin kanallar kengayadi, yuza 
tsementda 
reparatsion 
jarayonlar 
ko`zatiladi. 
Zararlangan 
va 
dimeneralizatsiyalangan yuza olingandan keyin, tish karashlari qolgan takdirda 
xam mustaxkam birikma hosil bo`ladi. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling