Tish olingandan keyin yumshoq to`qimalarda o`zgarishlar ko`zatiladi.
Ba`zi anatomik hosilalar tugma nuqson bo`ladi. Bo`larning barchasi protezlashga
qiyinchilik tug’diradi va xirurgik aralashuv talab etadi. ortiqcha yumshoq to`qima
doim suyak to`ldirilishini inobatga olgan xolda baholanishi kerak.
Til yuganchasini kaltalatish. Ba`zida protezlashda til yuganchasini
kaltalatish lozim. Buning uchun yugancha bo`ylab o`zun kesma o`tkaziladi, ikkita
uchburchak laxtak shakllantiriladi va o`zaro siljitib ketgut yoki sintetik ip bilan
tikiladi [Muxin M. V., 1973; Aleksandrov N. M., Balin V. V., 1998; Obwegeser
Η., 1969; Forseca R., Davis Ν., 1993]. Operatsiya vaqtida til osti surg’ichlar
joylashuviga e`tiblr berilish lozim, ularni zararlab quymaslik uchun. Katta
aralashuv talab qilinganida gorizontal kesim o`tkazish tavsiya etiladi. Kesim
o`tkazilgandan so`ng yara romb shaklida bo`lib, to`qima elastikligini hisobga olib,
yara chetlari kelishtirib choklar qo`yiladi. [Muxin M. V., 1973; Ticker M., 1984;
Hopkins K., 1985].
Pastki jag’ atrofiyasida yugancha yoyga birikkan bo`ladi. Bunday xollarda
burchaksimon kesim boshi al’veolyar usiqqa qaraydi, pastki qismi keraklicha
kesiladi. YAra zich tikiladi.
Lab yuganchasi kaltaligi. Xirurgik aralashuv turlicha bo`lishi mumkin.
YUgancha al’veolyar yoyga keng asosi bilan birikkan bo`lsa, kesim shu sohada
ellips bo`ylab periosta qarab o`tkaziladi. SHilliq qavat periosta tikiladi. Hosil
bo`lgan yara buy borobar suyak usti pardasi bilan qushib tikiladi.
Og’iz daxlizidagi shilliq qavat va mushaklar tortishuvini bartaraf etish
uchun, tortishuvlar va burmalar kesiladi, simmetrik tuqnashuvchi uchburchak
laxtaklar hosil kilinadi, mobilizatsiya qilinadi va siljitiladi. Katta hajmli
tortishuvlarda og’iz daxlizi gumbazi xam kattalashtiriladi. Hosil bo`lgan yaraga
korindan olingan 1,5-2 sm kattalikdagi ajratilgan teri laxtagi quyilib shoyi iplar
bilan fiksatsiya qilinadi. 7-11 kuni u olib tashlanadi, shakllantiruvchi protez
operatsiyadan so`ng yoki 4-5 kunga borib qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |