Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Kataklararo al’veoloplastika. Bir nechta tishlar olingandan so`ng 
al’veolalararo to`siq rezektsiyasi kerak bo`ladi. [Dean O., 1941]. CHiqib turgan 
yoki noadekvat to`siq olib tashlanib va yuqori jag’da bo`lsa, ol’veolyar usiq lateral 
plastinkasi yoki pastki jag’ al’veolyar qismi ichkariga barmoq bilan bosib turib 
repozitsiya qilinadi. Bu muolaja vestibo`lyar tomondagi notekisliklarni suyak 
balandligi va shilliq-suyak usti pardali qavat saqlangan xolda o`tkazish imkonini 
beradi. Al’veoloplastikani bunday turida suyak atrofiyasi kam namoyon bo`ladi 
[Tuker M., 1994].
YUqori va pastki jag’ al’veolyar usigi suyak yuzasi notekisliklarini 
korrektsiyasi va kamaytirilishi. Adekvat protezlash uchun suyak notekisligi 
xalaqit berganda o`tkaziladi. Bunga suyak burtiqlari, ortigi va yumshoq to`qimalar 
gipertrofiyasi sabab bo`lishi mumkin. Buning uchun shilliq-suyak usti laxtagi 
ochilib, ikkala tomondan al’veolyar usiq yalang’ochlanadi. Suyak deformatsiyalari 
suyak qisqichlari, bor va frezlar bilan bartaraf etiladi. Ortiqcha yumshoq to`qima 
kesib tashlanadi. Laxtak joyga qo`yilib, ketgut yoki poliamid ip bilan tikiladi. 
Operatsiya o`tkazilganda suyaklar to`zilishini anatomik xususiyatlari e`tibor berish 
kerak. 
YUqori va patki jag’ al’veolyar usigi rezektsiyasi. To`qimalar 
ortiqchaligida, suyak deformatsiyalarida, tishlarda, ayniqsa antogonistlarga joy 
bo`lmaganda o`tkaziladi. Protezlash ko`lamiga qarab modelda rezektsiya hajmi 
aniqlanadi. Rentgenda burun va yuqori jag’ bushliqlari va pastki jag’ nervi kanali 
topografiyasi o`rganiladi. Ularni jaroxatlab quymaslik uchun kesim al’veolyar 
yoyda o`tkaziladi va shilliq-suyak usti pardali laxtak ajratiladi. Qo`shimcha 
ravishda vertikal kesimlar xam o`tkaziladi. Ortiqcha suyak to`qimasi suyak 
qisqichlari, bor va frezlar bilan bartaraf etiladi. Kerakli okklyuzion yuzalar shakli 
beriladi. Laxtak joyga qo`yilib tortilmasdan tikib qo`yiladi. eng yaxshisi sintetik 
ipdan o`zilmas chok qo`ygan ma`qul. [Daniel R., 1978; O'Ryan F., 1992]. 


Al’veolektomiya yukori jag disproportsiyasida va adentiyada utkaziladi. O. 
Dean (1941), K. Kallenberger (1953), Η. Obwegeser 968) metodiki korrektsii kosti 
ostayutsya osnovopolagayushimi, xotya otdel’nie avtori razrabotali ix modifikatsii 
[Keller Ε. et al., 1987; Sailer Η., 1989; Richardson D., Cawood J., 1990]. 
Al’veolektomiya yuqori
jag’ disproportsiyasida va adentiyada o`tkaziladi. O. Dean 
(1941), K. Kallenberger (1953), Η. Obwegeser (1968) tomonidan tavsiya etilgan 
operatsiyalar asosiy bo`lib, Keller Ε. et al., 1987; Sailer Η., 1989; Richardson D., 
Cawood J., 1990 o`z modifikatsiyalarini taklif etishgan. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling