Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


YAllig’lanib o`zgargan ortiqcha to`qimani olish


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

YAllig’lanib o`zgargan ortiqcha to`qimani olish. YAxshi fiksatsiya 
qilinmagan protezlar taqish natijasida al’veolyar usig’da fibroz usmalar 
ko`rinishida shilliq qavat o`zgarishi ko`zatiladi. Protez korrektsiya qilinganda bu 
o`zgarishlarni bartaraf etish mumkin. Qolgan xollarda xirurgik operatsiya o`tkazish 
kerak. eng oddiy usul bo`lib elektrokoagulyatsiya yoki lazer yordamida kesib olib, 


so`ngra tampon ostida ikkilamchi tortilish yuli bilan bitish hisoblanadi, katta 
hajmdagi o`zgarishlarda o`zgargan to`qima suyak usti pardasigacha kesiladi va 
so`ngra yara tikiladi. To`qima etmagan xolda yara chetlari suyak usti pardasiga 
tikiladi. Qattiq tanglayda uchraydigan papillomatoz hosilalar qiyinchilik tug’diradi. 
Bunday o`zgarishlar protez takish natijasida, og’iz bo`shligi gigienasi sustligida
zamburugli infektsiyada uchraydi. Konservativ davo va protez korrektsiyasi 
yordam bermasa xirurgik aralashuv talab etiladi. Unda koagulyatsiya, suyuk azot 
bilan ishlov berish, bor bilan kesish yoki skal’pel’ bilan suyak usti pardasigacha 
kesib, olib tashlash kiradi.
Retromolyar sohadagi to`qima hajmini kamaytirish. 
Bu erda to`qima gipertrofiyasi tufayli ortiqcha to`qima hosil bo`ladi. Bu 
to`qima ellipssimon kesim o`tkazilib, defekt chetlari yupqalashtirilib, yara tikiladi. 
Tanglay distal qismidagi yumshoq to`qimani bartaraf etish. 
Bu erdagi to`qima gipertrofiyasi tanglayni toraytiradi yoki protez 
fiksatsiyasiga qiyinchilik tugdiradi. Ortiqcha to`qima skal’pel’ bilan shilliq va 
shilliq osti qavati sohasida kesib olinadi. YAra chetlari kelishtirilib tikiladi va 
himoya plastinkasi taqib qo`yiladi. 
Al’veolyar usiqdagi ortiqcha to`qimani olib tashlash. Suyak atrofiyasida, 
noadekvat fiksatsiyalangan protezlash taqish oqibatida, suyak tayanchi 
bo`lmagandan keyin yumshoq to`qima ortigi ko`zatiladi. Agar uni al’veolyar 
usiqni kengaytirishga yoki balandligini oshirishga ishlatib bo`lmasa kesib olinadi. 
Al’veolyar usiq bo`ylab ikkita parallel bir-biri bilan tutashuvchi kesim o`tkaziladi. 
To`qima olingandan so`ng, yara tikiladi. CHandikli o`zgarishlar bor to`qimalar 
suyak usti pardasi bilan qo`shib olib tashlanadi. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling