Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Paradontal cho`ntak shakllanishi – paradontitning eng aniq belgisidir. Bu 
cho`ntak mikrob va toksinlarni rezervuari bo`lib, paradont destruktsiyasini 
chaqiradi. 
Bunday sharoitda paradontdagi trofik jarayonlar uchun muhim bo`lgan 
mexanik zo`riqish xarakteri ham o`zgaradi. Bo`shashgan tayanch to`zilmalar 
zo`riqishga bardosh bera olmaydi. Ba`zi qismlarga intensiv zo`riqish vaqtida 
(travmatik bo`g’imlar ta`sirida) ular paradont to`qimalarni elastik va rezistent 
hususiyatlari bilan kompensatsiyalanmaydi. Natijada, travmatik xarakterga ega 
suyak to`qimasi va periodontal tolalarni buzilishi yuzaga keladi.
Suyak destruktsiyasini ma`lum darajasida tishlar qimirlashi yuzaga keladi. 
Bunda jarayon yangi ko`rinishda namoyon bo`lib, turli xil mexanik zo`riqishlar 
jarohatga olib keladi. Mikrob faktor bilan birga esa kuchli dekstruktiv effekt 
beradi. Buni inobatga olgan holda xirurg mexanik zo`riqishni hisoblab, lokal 
zo`riqishlarni oldini olish lozim. 
Umumiy ta`sirotlar ostida paradontdagi yallig’lanish jarayoni bir tekis 
kechmaydi. SHifokor mahalliy va umumiy faktorlarni hisobga olib, natijani ko`ra 
bilishi, xirurgik aralashuvga ko`rsatmani aniq belgilay olishi zarur. 
SHuni yodda tutish kerakki, surunkali generalizallashgan gingivit yoki 
paradontit – bu mikroblar yig’ilishga mahalliy javob reaktsiyasidir. Boshqa 
mahalliy va umumiy faktorlar ham o`z o`rniga ega, lekin ular faqatgina 
modifikatsiyalashgan ta`sirga egadirlar. 
Toksinlar ta`sirida paradontal to`zilmalar bo`ziladi, cho`ntaklarda nekrotik 
massalar hosil bo`ladi, granulyatsiyalar paydo bo`ladi. Paradontal cho`ntaklardan 
ajralayotgan suyuqlik paradontitni o`ziga hos belgisi bo`lib hisoblanadi. Uning 
miqdori va xarakteri (seroz, yiringli, hidli yoki hidsiz) kasallik kechishini yoki 
davo natijasini aniqlab beradi. Kengaygan suyak to`zilmalar orqali mikroblar 
yumshoq va suyak to`qimalarga tarqaladi, tish ildiz tsement qavatini yuza qismini 
shimdiradi. Zararlangan to`qima hajmi juda katta. CHo`ntaklar ichki yuzasi 15-30 
sm2 bo`lib, bu o`choqlarni organizmga ta`siri juda katta bo`lib, nafaqat mahalliy 
balki umumiy sensibilizatsiya, xujayraviy va to`qimaviy immunopatologik 
bo`zilishlar ko`zatiladi. 
Aytib o`tilgan paradontdagi surunkali yallig’lanish kasalliklar tipik shakllari 
rivojlanish mexanizmi, paradontit va gingivitda davo ketma-ketligi va ko`lamini 
belgilab beradi. Bu ikki kasallik yagona jarayonni ketma-ket bosqichi bo`lib, 
o`ziga hos hususiyati uni tepadan pastga kechishidir. 


Davo. Kasallik shakli va og’irligidan qat`iy nazar birinchi davo muolajasi, 
bu tish toshlarini olish va antimikrob ishlob berishdan iborat. Boshlang’ich 
bosqichlarda bu asosiy davo usuli, paradontitda esa birinchi hisoblanadi. 
Ikkinchi muhim bosqich, bu mexanik zo`riqishni Djegenl’son usuli bilan 
tanlab olib shlifovka qilish bilan bartaraf etishdir. Bu yo`l bilan suprakontraklar va 
jarohatlovchi tugunlar bartaraf etiladi. Bunda mexanik zo`riqish teng taqsimlanib, 
paradontal to`zilmalarni destruktiv bo`zulish tezligi kamayadi. Boshqa turdagi 
davolar bilan birgalikda esa jarayon remissiyasiga erishish mumkin. 
Paradont kasalliklar turli hil bo`lib, ularni davolash usullari ham hilma-
xildir. Aniq bir patologiyani davolash uchun ma`lum bir davolash usuli mavjud 
emas. Davoga tayyorlash, mutahassis malakasi, terapiyani tushuna olish, davoni 
to`g’ri tanlashga imkon beradi. 
1. 
Kyuretaj. CHo`ntakni ichki yuzasidan epiteliyni ichki yuzasini, 
epitelial birikma va yallig’langan biriktiruvchi to`qimani olib tashlash. Xirurgik 
aralashuvni yopiq usuli. 
2. 
Gingivektomiya. Suyak usti cho`ntaklarini bartaraf etish uchun 
to`qimalarni kesib, olib tashlash. Suyak gorizontal holda zararlanganda va 
keratizirlangan milkni etarli miqdorda mavjudligida. 
3. 
To`liq qavatli lahtak (shilliq-suyakusti). Bunday lahtaklar suyakda 
muolaja o`tkazilayotganda va yugancha ko`chirilganda vizualizatsiyani yaxshilab 
beradi, yo`l ochib beradi, biriktirilgan milkni saqlaydi, cho`ntaklarni bartaraf etadi. 
4. 
Bo`lingan lahtak (shilliq qavat). SHakllantirilayotgan lahtak suyak usti 
pardasini saqlab qolishga imkon beradi. Bunda to`qimalar o`tkir yo`l bilan suyakka 
parallel holda kesiladi. Ko`proq yupqa suyak plastikali joylarda va keratinirlangan 
milk hajmini oshirishda ishlatiladi. 
5. 
Modifitsirlashgan to`liq qavatli lahtak (shilliq-suyakusti). Bunday 
lahtak tayyorlash uchun, avval gingivektomiya o`tkaziladi, so`ngra suyak qirrasida 
ichki kesib o`tuvchi kesim o`tkaziladi. Buning uchun keratizirlangan lahtak hajmi 
etarli bo`lishi kerak. Asosan tanglay tomondan, o`sib ketgan to`qimalar sohasida 
va o`tkazish noqulay bo`lgan joylarda.

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling