Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

YOpiq kyuretaj. Kyuretajni sifatli bajarilishi, mutaxassis cho`ntaklardagi 
o`zgargan to`qimalarni olib tashlanishini va cho`ntak devori va tish ildizlariga 
ishlov berishni nazorat qilib turishiga bog’liq. CHo`ntak chuqurligiga, suyakni 
destruktsiyasiga (gorizontal yoki vertikal, suyak cho`ntaklari) va suyakni holatiga 
qarab kyuretaj to`rini tanlaydi. 
Agar shifokor cho`ntakni qo`shimcha kesimsiz ishlov berishga imoni komil 
bo`lsa, yopiq kyuretaj o`tkaziladi. U chuqur bo`lmagan cho`ntaklarda o`tkaziladi. 
Lekin natijasi noaniq bo`ladi. YOpiq kyuretaj sifati bunday xollarda shifokor 
malakasiga bog’liq bo`ladi. 
YOpiq kyuretajga qarshi ko`rsatma, bu cho`ntaklar chuqurligi 4 mm ortiq 
bo`lsa, suyak cho`ntaklari bo`lsa va jarayonga bifurkatsiya va trifurkatsiya sohalari 
qo`shilganligi hisoblanadi. 
Milkni qalinligi ahamiyati katta. Ingichkalashgan milk devori kyuretaj 
o`tkazishga qarshi ko`rsatma hisoblanadi. SHuni inobatga olish kerakki, ko`p 
xollarda yopiq kyuretaj yordamida tish bog’lovchi birikma qayta shakllanishi 
mavxum bo`lib, faqatgina jarayonni vaqtinchalik to`xtatishga va mustaxkam 
epitelial birikma hosil qilishga erishish mumkin. 
O`tkazish usuli. Jaroxat maydoni antiseptiklar bilan ishlov beriladi. Tish 
karashlari tozalanadi. Paradontologik to`plamdagi asboblar bilan milk osti toshlari 
tozalanadi. Tish ildizi yuzasi cho`ntakka qaragan qismi toksinlar bilan tuyinganini 


hisobga olib nekrozlangan tsement qavati sog’ to`qimagacha olinadi. Agar 
cho`ntaklar keng bo`lsa, ul’traovush apparatini ishlatish mumkin. CHo`ntak 
devorlari kyuretkalar yopib maxsus o`tkir ilmoqlar yordamida ishlov beriladi. 
Buning uchun cho`ntak devorini shifokor tashqaridan bosib turadi. CHo`ntak ichki 
devorini antiseptik eritma bilan yuviladi va detrit va granulyatsiyalardan 
tozalanadi. Agar qonash ko`zatilmasa, cho`ntak devorlari yana bir bor kyuretkalar 
bilan devorlarga ishlov beriladi. CHunki cho`ntak qonga to`lish kerak. CHo`ntak 
devorlari tish ildizlari yopishtiriladi va milk usti bog’lami quyiladi. Xozirgi vaqta 
bunday bog’lamlarni ko`p turi mavjud bo`lib, ularni asosini diplen plyonkalar 
tashkil etib, o`zinig tarkibida turli dorilar majmuasini saqlaydi va qo`llanishda oson 
bo`ladi. 
Kyuretaj o`tkazishda asosiy xatolik, shifokorlar unga mas`uliyatsizlik bilan 
qarashlaridir. Kyuretaj oldidan yallig’lanishga qarshi davo o`tkazilishi kerak. 
Kyuretaj og’riqsizlantirishsiz yoki applikatsion og’riqsizlantirish orqali amalga 
oshiriladi. O`tmas asboblar bilan xam qoniqarli natija olinmaydi. Ko`p xollarda 
muolajadan 
keyingi 
ko`zatuvga 
ahamiyat 
berishmaydi. 
Oddiy 
giginik 
muolajalardan tashqari bir necha kun mobaynida og’iz bushligi antiseptik eritmalar 
va davo bog’lamlari yordamida parvarish talab etadi. 
YOpiq kyuretaj kamchiliklari: «ko`r-ko`rona» o`tkazilishi, 50-7-0% tish 
toshlari yoki granulyatsiyalar to`liq tozalanmaydi. SHuning uchun xam effekt 
uncha sezilmaydi. 
Ochik kyuretaj. Tishlararo surg’ichlar kesilib cho`ntakni ko`z nazorati 
ostida granulyatsiyalardan, tish toshlaridan tozalab tish ildizlariga ishlov berishdan 
iborat. Bunda suyak usti pardasiga tegilmaydi va shifokor nafaqat cho`ntaklarga, 
balki al’veolyar suyaklariga ishlov berish imkonini qo`lga kiritadi. Muolajadan 
keyingi bemor nazorati xuddi yopiq kyuretajdagiday.

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling