Parrandalarini yetishtirish


Download 49.74 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi49.74 Kb.
#1250486
1   2   3   4
Bog'liq
Parrandachilik

Oldingi tahrirga qarang.
chet el tashkilotlari va uning sho‘ba korxonalari, firma do‘konlari, dilerlik tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan parrandachilik xo‘jaliklari ehtiyoji uchun chetdan keltiradigan parranda ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya preparatlari, diagnostikumlar o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
17. “Parrandasanoat” uyushmasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan import qilinayotgan ozuqalar, ozuqa qo‘shimchalari va asbob-uskunalari o‘z vaqtida va to‘liq hajmda olib kirilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatish;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2019-yil 1-fevralga qadar muddatda o‘z ta’sis hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirish, bunda asosiy e’tiborni barcha parrandachilik xo‘jaliklarini “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratish tavsiya etilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikada soya va kungaboqar donlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalarni tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘lgan hududlarda parranda mahsulotlarini sotish uchun “Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy savdo firma do‘konlarini tashkil etish va joylashtirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqib tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
parrandachilik sohasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida investitsiya loyihalarining ro‘yxatini puxta ishlab chiqib, xorijiy hamkorlarni jalb etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga taqdim etsin.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
20. “Parrandasanoat” uyushmasining mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy sayyohlar, turli mamlakatlarning parrandachilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda 2019-yildan boshlab har yili sentyabr oyida parrandachilikka oid ko‘rgazma o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Parrandasanoat” uyushmasining buyurtmalari bo‘yicha sohani rivojlantirish va zamonaviy texnikalarni o‘zlashtirish yuzasidan taklif etayotgan xorijiy mutaxassislar va ko‘rgazmalarning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin (haqiqiy xarajatlarni qoplash yig‘imlari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Parrandasanoat” uyushmasining buyurtmalari bo‘yicha jalb qilingan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar “Parrandasanoat” uyushmasiga mazkur qaror va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
24. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodovga — hududlarning parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun salohiyatli investorlarni izlash, parrandachilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, mablag‘larning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekchorvanasl” agentligi bosh direktori B.T. Atamuradovga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz ko‘rsatgichlar ijrosi ustidan xo‘jaliklar kesimida monitoring tizimi o‘rnatilishi va ularning hisoboti yuritilishi, parrandachilik klasterlarining faoliyati tashkil etilishi hamda ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilishi uchun;
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
“O‘zeltexsanoat” AK raisi A.A. Abdullayevga — parranda mahsulotlarining barcha turlarini yetishtirish, ularni barcha bosqichlarda qayta ishlash uchun asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarning respublikada ishlab chiqarilishini tashkil etish uchun;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga — mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanlar va parrandachilik xo‘jaliklari kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlari o‘z vaqtida ishlab chiqilib, tasdiqlanishi va ularning ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borilishi, shuningdek parrandachilik korxonalariga ozuqa yetishtirish uchun yer maydoni ajratilishi va ozuqa uchun ekilgan don ekinlari davlat buyurtmasiga olinmasligi uchun shaxsiy javobgarligi belgilansin.
25. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
26. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Parrandasanoat” uyushmasini joylashtirish va bino qurish uchun yer maydonini ajratsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Download 49.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling