Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!
Download 316.41 Kb. Pdf ko'rish
|
sherlar
УЎК 716
КБК 8253 S 11 4 5 Peshonasi yarqiragan gulgʻunchaning Qadamiga toʻkiladi gʻoyibdan nur. Bu chamanning quvnoq, shodon bolalari Eminerkin nafas olar aylab huzur. deb yozadi shoira bir sheʼrida. Boyovut zaminida kamol topayotgan yana bir isteʼ- dodli ijodkor Odina Abdumoʻminova, asosan, bolalarga bagʻishlangan sheʼrlari bilan ustozlar eʼtiboriga tushgan. Bir nechta sheʼriy kitoblari nashr etilgan Odina allaqa- chon oʻz uslubiga, oʻz aytar soʻziga ega boʻlgan shoira hisoblanadi. Uning ijodi bilan tanishar ekansiz, atoqli bolalar shoiri Anvar Obidjonning quyma satrlari, obraz li ifodalarga boy misralari yodingizga tushadi. “Xoʻroz emas, xoʻrozqand” sheʼrida otasi pul berib, qoʻshnini- kidan bitta xoʻroz olib kelishga yuborgan Sherozning “uddaburon”ligi shunday tasvirlanadi: Akam keldi koʻngli chogʻ, Eh, dadamga berdi pand! Deydi: “Bitta xoʻrozmas, Oldim yuzta xoʻrozqand!” Ijodkor qizning boshqa koʻpchilik sheʼrlarida ham shu kabi yumoristik tasvir, kutilmagan xulosalar oʻqu- vchiga zavq beradi; muallifning sinchkov nigohi, topqirli- gi kitob xonni hayratlantiradi. Shuningdek, ijod namunalari ushbu bayozdan oʻrin olgan Sarvinoz Qozoqova, Zanjiloy Abdusalomova, Diyo ra Abdujabborova singari yosh qalamkashlarning sheʼr- larida ham oʻzini, oʻzligini, oʻz uslubini tinmay izlayotgan bezovta qalb teranishlarini sezish mumkin. Tabiat oʻyini bari hisobli: Bulutlar yigʻlasa, gullar quvnaydi. Ariqlar boladay oqadi quvnab, Uyidan uzoqqa lekin jilmaydi. deb yozadi Zanjiloy bir sheʼrida. Ming yillarki, inson tabiat bilan chambarchas uygʻunlikda yashab keladi. Ta- biatni teran qalb koʻzi ila kuzatib, uygʻoq tuygʻulariga undan nusxa olayotgan yosh shoiraning oʻziga xos tash- behlari, ohorli ifoda yoʻsini sheʼrxonni sergaklantiradi, mushohadaga chorlaydi. Ushbu toʻplamdagi sheʼrlarning katta qismi hali juda yosh, ijod olamiga endigina moʻralab nazar tashlayotgan oʻquvchilar qalamiga mansubdir. Ularning ijodi haqi- da hali bir toʻxtamga kelish, tayinli xulosalar chiqarish mushkul, albatta. Ammo bulutli osmonda “yarq” etgan chaqmoq kabi koʻzga tashlanib qoladigan, yurakda umid uchqunlarini uygʻotadigan misralar talaygina. Mana bu satrlarga eʼtibor bering: Har qarich yeringda obodlik Koʻzlarim quvonchdan porlaydi! Oʻzbegim, oʻzingsan oʻzligim, Seningsiz tol’eyim kulmaydi... Bu hali qoʻliga qalam ushlaganiga unchalik ham koʻp boʻlmagan jajji qizaloq Sitora Jullayeva toʻqigan sheʼrdan keltirilgan misralar. Qarang, shu mittigina yurak ham asl baxt, asl saodat Vatanda, oʻz xalqi bilan birlikda ekanligi- ga ishonch hosil qilib borayotir! Shu kabi sheʼriy satrlar- ni oʻqir ekansiz, majmuaga “Parvoz” deya nom berilishi bejiz emasligiga iqror boʻlasiz. Bu sheʼriy bayoz haqiqiy iqtidor egalari uchun, ijod mashaqqatini oʻz qismati deb biladigan yoniq qalblar uchun yuksak parvozlar sari bir yoʻlakcha boʻlib xizmat qilsa, ne ajab! Download 316.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling