Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. Boyovut tumanida


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
sherlar

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. Boyovut tumanida 
tashkil etilgan “Yosh journalist va notiq” to‘garagi a’zosi.
O‘ZIMGA
Xayolda kezadi sarkash satrlar,
Marjondek birma­bir she’rga tizaman.
O‘tkazdim vaqt emas, balki asrlar,
She’r deya goh osmon, suvda suzaman.
Tugatmay yurakda yo‘qdir halovat,
Tunim sharob deya, sarob tutadi.
Tilda istig‘vor­u, dilda salovat.
Meni o‘rab olgan ilhom kutadi.
Qog‘ozga terilar bir­bir satrlar, 
Qalam tutmaslikka qasam ichgandim.
Netay, daydi she’rlar ichimni yoqar,
Asli ancha avval she’rdan kechgandim.
Qo‘rqdim, besas ketar she’r uvolidan,
Qalamim o‘tkirlab maydonga chopdim.
Bemehr qalblarga satrlar otib,
Netay, bu bo‘stonda halovat topdim.
Qalamim, kelmoqda biz kutgan kunlar,
Bemehr qalblarni dorga tortgaymiz.
Halovat topgaydir beorom tunlar,
Kun kelar, biz faqat she’r­la yashaymiz.
YOMGʻIR
Ohista to‘kadi samo yoshini
Chang qo‘ngan barglarni yomg‘ir yuvadi.
Qo‘l cho‘zsam, yetadi, bulutlar – mana,
Go‘yo qo‘li bilan yuzim siladi.
Tabiat o‘yini bari hisobli,
Bulutlar yig‘lasa gullar quvnaydi.
Ariqlar boladay oqadi o‘ynab, 
Uyidan uzoqqa, lekin jilmaydi.
So‘ng bulut ortidan boqadi quyosh,
Dalalar, qirlarga nurin sochadi.
Daraxt shoxlarida yuz ochar gullar,
Yosh­yalang ko‘zidan uyqu qochadi. 
Uyg‘onish faslini boshlar tabiat
Bobom qo‘lda ketmon, dalaga shoshar.
Shukrona aytadi elim jo‘r bo‘lib,
Va buyuk ishlarga boshlaydi hashar.


16
17
M
uxammadiyeva 
Mohinur 
Abbos 
qizi 
2002-yilning 27-noyabrida Sirdaryo viloyati 
Boyovut tumanida tug’ilgan. 2021-yilda Guliston Dav-
lat Universitetining boshlang’ich ta’lim fakultetiga 

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling