Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


A xmatova Ro`zigul Komiljon qizi 2005-yil 4-noy-


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
sherlar

A
xmatova Ro`zigul Komiljon qizi 2005-yil 4-noy-
abrda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tav-
allud topgan. Hozirda tumandagi 41-umumta`lim mak-
tabining 10-sinf o`quvchisi.
KO‘KLAMDAN DARAK
Tinglang samolardan kelmoqda sado,
Ko‘klam kelishidan bermoqda darak.
Mayin shabbodalar esmoqda qarang,
Tabiat ko‘rkidan yayraydi yurak.
Sog’intirib qo‘yding bahorjon bizni,
Jo‘sh urgan nafasing chiroying bilan.
Yomg’irdan so‘ng asta kulib turguchi,
Ko‘zlarni yoritgan oftobing bilan.
Seni sevgan edi shoir Muhammad,
Yuragin o‘g’risi qizg’aldoqlaring.
Sendan xabar bergan boychechaklarni,
Ko‘zlarimga surtib men ardoqlayin.
XOTIRA
Xotira abadiy qalbning gulshani,
Yoniq yuraklarning o‘chmas mash’ali.
Ajdodlarim bosgan muqaddas izlar,
Shonli o‘tmishimiz tarixin so‘zlar.
Eh, necha zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdi yil, oylar­u, kunlar rango­rang.
Bobolarim ruhi bo‘lib madadkor,
Bizni doim qo‘llab turarlar, qarang.
Xalqim xotirasi naqshinkor ko‘ring,
Unda mujassamdir hayot chashmasi.
Xotirar azaliy muqaddas tuyg’u,
O‘tmish tomon eltar har bir nafasi.
I
noyatova Gulnora 2008-yil 18-dekabrda Sirdaryo 
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Ho-
zirda tumandagi 46-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi. 
VATAN
Sen hali beqiyos bo‘ston bo‘lgaysan,
Bulbullar bazmida doston bo‘lgaysan,
O‘zbekiston mangu, yashnab kulgaysan,
Sening mehring bilan yashaymiz Vatan.
Bobolarim tinchlik uchun pospon bo‘lgay,
Ozod yurtning orzulari osmon bo‘lgay,
Sen azizsan, muqaddassan ey sajdagoh,
O‘zbekiston ota makon, ona tuproq.
QUYOSH
Koptogimday yumaloq, o‘zi bizdan ko‘p yiroq.
Balqib chiqsa osmonga, qalqib chiqsa osmonga.
Yorishib ketar olam, yasharib ketar olam.
O‘ynasak qirlar osha, kulib qilar tomosha.
Har kun uyg’otib tongni, yoritadi jahonni!


36
37

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling