Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


T urdimurodova Sadoqat Shavkat qizi 2008-yil


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
sherlar

T
urdimurodova Sadoqat Shavkat qizi 2008-yil 
1-martda Boyovut tumanida tavallud topgan. 
Hozirda tumandagi 11-maktabning 8-sinf o‘quvchisi. 
She’rlari “Suyunchi”(2023) nomli she’riy to‘plamdan joy 
olgan. 
QISH ZAVQI
Yer yuzini bulab poklikka,
Qor yog’moqda oppoq, beg’ubor.
Yuragimda ajib hayajon,
To‘xtamasin, tinmasin zinhor.
Qor yog’moqda oppoq, beg’ubor,
Kumush qishdan bergandek darak.
Bolajonlar xursand, dili shod,
Qishning zavqi shu bo‘lsa kerak.
USTOZ
Maktabga ilk kelgan kunimdan,
Bor mehrini bergan ustozim.
Siz tufayli yo‘llarim ravon,
Bugun yuksak bo‘ldi parvozim.
Mashaqqatli mehnatlaringiz,
Ayon erur har birimizga.
Hayotimiz nurga to‘ldirib,
Yo‘l topasiz siz ko‘nglimizga.
Baxtimizga sog’­omon bo‘ling,
Yuzdan oshib yuring siz­ ustoz.
Kamolimiz ko‘rib quvonib,
Doim baxtga to‘ling siz­ ustoz!
J
o‘ramurodova Orzigul Yodgor qizi 2007-yil 
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud 
topgan. Hozirda tumandagi 11-maktabning 9-sinf 
o‘quvchisi. She’rlari viloyat gazetalaridan va “Suyun-
chi”(2023) nomli to‘plamdan o‘rin olgan.
QISH HAQIDA HAZIL SHE’R
Yangi yilning nafasi,
Qish faslidan boshlanar.
Qushlar kirar qafasga,
Ba’zan ko‘ngil g’ashlanar.
Yozning issiq kunida
Kutdik izg’irin qishni.
“Anomal” sovuq bo‘lib,
Unutayozdik ishni.
Tezroq qorlar erisa,
Kela qolsa issiq yoz.
Bu sovuqdan charchadi,
Hatto uydagi piyoz.
Samarqandda qor­qirov,
Sirdaryoda ko‘p tuman.
Quyosh bobo nur sochmas,
Qor erimas umuman.
Qarshida qor eribdi,
Sel oqdi, har joy vayron.
Bizda­chi, hech erimas,
Ob­havoga biz hayron.
Odamlar ham ko‘p qiziq,
Qishda qorni ushlamas.
Agar kelsa bahor­yoz,
Issiqni ham xushlamas.
“Kran” da suv muzlagan,
Qiynalib qoldik biroz.


26
27
Qish qishligin qildida,
Qilmaymiz hech e’tiroz.
Ikki chelak suv uchun,
Ko‘cha boshiga chopdim.
Qaytar chog’im tumandan,
Uyimni zo‘rg’a topdim.
Suvga borar vaqtimda,
Bo‘ldi yana qiziq ish.
She’r uchun ilhom keldi,
Foydali ekanda qish!
She’rni yoza boshladim,
Uyimga qaytar chog’im.
Ikki­uch suvga borsam,
Chiqib qolar kitobim!

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling