Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


A bduvahobova Umida 2006-yil 11-fevralda


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
sherlar

A
bduvahobova Umida 2006-yil 11-fevralda 
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug’ilgan. 
Hozirda tumandagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi-
ning 10-sinfida o‘qib kelmoqda. 
O‘ZBEKISTON
Vatanim O‘zbekiston,
Seni o‘ylayman har on.
Diyorsan jannatmakon,
Baxtimga bo‘lgin omon.
Vatanim O‘zbekiston,
Doim tinchlik hukmron.
Tanazzul bo‘ldi tamom,
Qayta tiklandi zamon.
Vatanim O‘zbekiston,
Yo‘l to‘solmas zo‘ravon.
Tiniq lojuvard osmon,
Yuragimda ishq har on.
Vatanim O‘zbekiston,
Samoyingdir charog’on.
Dovrug’ing bo‘ldi doston.
Doim bo‘lgin sen omon.


44
45
G‘IYBAT
G’iybat qilmang gunoh orttirib,
Boshingizni chohga botirib. 
G’iybatchining yurishmas ishi,
Ko‘karmaydi g’iybatchi kishi.
Gap­so‘zlardan sira yo‘q foyda,
G’iybatchida halovat qayda?
Mehnat qilgan ko‘ngillar to‘qdir,
E’zozlashar uni har joyda. 
M
irkarimova Kumushbibi 2010-yilda Sirdaryo 
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. 
Hozirda tumandagi 28-maktabning 6-sinf o‘quvchisi.
ZULFIYAXONIMGA
Sadoqat bobida oʻzingiz tanho,
Siz­olov, mangu bir alanga yoqqan.
Hanuz yangramoqda dilda soʻzingiz,
Hayotga samimiy ishonch­la boqqan.
Kelgan har bir bahor eslatar sizni
Matonat­u, bardosh bari sizga xos.
She’rlaringiz oʻqib titraydi yurak,
Sizday shoirani yodi bir meros.
Oʻrik gullariga go‘zal she’r bitib,
Siz uchun xotira abadiy suyuk.
Ijoddan tolmayin, mashaqqat chekib,,
Manglayi yarqiroq ayolsiz buyuk.
HAYOT
Hayot beshafqat juda,
Oʻtib boradi asta.
Har bir dilda shu zamon,
Qolib ketar bir armon.
Yoʻqlab qoʻymay onasin,
Esga olmay otasin.
Boshi urilib toshga,
Qalbi toʻlar koʻzyoshga.
Toʻy­tomosha bir kunlik,
Mol­u davlat oʻtkinchi.
Umr­chi, qaytmas ortga 
Qalbni tirnar sogʻinchi.

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling