Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
sherlar



PARVOZ
Toshkent — 2023


3
YUKSAK PARVOZLAR SARI! 
Har bir xalqning maʼnaviy dunyosini, milliy qadriyat-
larini va oʻzlikni anglash darajasini uning adabiyotidan 
bilsa boʻladi. Shu maʼnoda adabiyotga, soʻz sanʼatiga 
“Hayot koʻzgusi” deya taʼrif berilishi bejiz emas. Chunki 
unda muayyan bir millatning oʻziga xos mentaliteti, ruhiy 
olami namoyon boʻladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan 
oʻzgarishlar, yangilanishlar ham birinchi navbatda badiiy 
ijod sohasida, sheʼriyatda aks etishi tabiiy bir hol, albatta.
“Boyovut” degan nom tilga olinganda oʻzbek kitob­
xoni koʻz oʻngida hassos ijodkor, millatimizning Toʻmari-
si hisoblanmish Halima Xudoyberdiyeva siymosi gav­
dalanadi. Chunki ardoqli shoiramiz Boyovut zaminida 
tugʻilib voyaga yetgan, ilk ijodi bilan jamoatchilikning 
eʼtiboriga tushgan edi. Qoʻlingizdagi bayozda esa ana 
shu soʻlim manzilda yashab ijod qilayotgan bir guruh 
qalamkashlarning ashʼoridan nafis bir guldasta jamlan-
gan. Ushbu majmuani varaqlar ekansiz, Boyovut tuprogʻi 
hali­hamon dilbar sheʼriyat nafasi bilan yashayotganiga, 
qoʻliga qalam tutgan har bir ijodkor yuragida Halima­
xonimning isyonkor ruhi balqib turganiga amin boʻlasiz.
Sayyora Ernazarovani Sirdaryo ahli noziktaʼb shoira, 
yosh qalamkashlarning jonkuyar ustozi sifatida bilishadi. 
Uning sheʼrlarida oʻz hayotini ijoddan ayro tasavvur eta 
olmaydigan qishloq ayoli, farzandlar kamoli uchun bor 
narsasini berishga tayyor ona timsoli namoyon boʻladi. 
Baʼzi bitiklarida esa, hayajonning kuchliligidan misralar 
qolipiga sigʻmay qolgan isyonkor tuygʻular boʻy koʻrsatib 
turadi.
УЎК 716
КБК 8253
S 11
Parvoz [Matn]: She’rlar – Toshkent: 
2023. – 60 b.
ISBN: 978-9943-8245-9-6

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling