8
9
Qayg’u erur begona tuyg’u,
Yaqinlashmas aslo dilga g’am.
Bu dunyoni quchadi mangu,
Mehrim tafti qalbda mujassam.
Yomg’ir yog’ar. Baxt yomg’iri bu,
G’uborlarni ketar oqizib.
Tomchilaydi
pokiza orzu,
Ezgulikdan marjonlar tizib.
Xotirjam kez yomg’ir ostida,
Har tomchiga tutib boringni.
Ey odamzod boshga tutsang tut,
Qalbga tutma soyaboningni.
DO‘PPIDEK OSH
Kelmoqchi
uyimizga,
Tushdan keyin ko‘p mehmon.
“Yozinglar dasturxonni,
Qani bo‘ling qizlarjon!
Tayyor
tursin onasi,
Mevalaru, nozne’mat.
Magazindan olib kel,
Shokolad va ko‘proq qand.
Menchi,yengim
shimarib,
Qilayin do‘ppidek osh”.
Otasining so‘zlarin,
Tinglardi kichik Bektosh.
So‘z boshladi: “Dadajon,
Ovqat qilaylik boshqa.
To‘ymaydiku qornimiz,
Axir do‘ppidek oshga!”.
OPAM YEGAN QAND SHIRIN
Kenjatoy qiz Laziza,
Erkatoy, juda tantiq.
Gohida oshib o‘tar,
Chegaradan bu qiliq.
Opasi Azizaga,
Taqlid qilib to‘ymaydi.
Qayga
borsa ergashib,
O‘z holiga qo‘ymaydi.
Chetda turar o‘zining,
Qator qo‘g’irchoqlari.
Yoqarkan opasining,
Oddiy o‘yinchoqlari.
Bir
kuni deng dadasi,
Tortishmangiz deb faqat.
Ikkoviga ham bir xil,
Olib keldi shokolad.
Yig’lay
boshlar Laziza,
Bilmaymiz, buning sirin.
Tinmay derdi: “Baribir,
Opam yegan qand shirin!”