B arotova Anora Saidaxmad qizi 2011-yil 28-aprelda Sirdaryo viloyati Shirin shahri- da tug’ilgan. Hozirda Boyovut tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi. ONAJONIMGA Yuzlari nurga to‘lgan farishta onajonim,
O‘zingiz bir donamsiz, olamda yagonamsiz.
Mehri quyoshdek bo‘lgan mehribon, jonajonim,
Sirdoshim, durlar ichra bebaho durdonamsiz.
Fayzli xonadonimiz go‘zal qirolichasi,
Tabassumingiz ko‘rsam kuchquvvatga to‘laman.
Bergan tarbiyangizni oqlab bir kun albatta,
O‘zingiz orzu qilgan oqila qiz bo‘laman.
USTOZIM Qalblarida mehrdir,
So‘zlarida sehrdir.
Yuzlari nurga to‘lgan,
Mehribonimustozim.
Chin qalbimdan muborak,
Etayin bugun sizni.
Yodda saqlayman har on,
Bergan bilimingizni.
Bugun qo‘lda soz bilan,
Kuylab xush ovoz bilan.
Tabriklayman ustozim,
Shukrona kuniz bilan.
A bdullayeva Shaxnoza 2009-yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 46-sonli maktabning 8-sinf o‘quv- chisi. BAHORIM Sevaman bahorim, sevaman chindan,
Nafosat elchisi kechakunduzni.
Kurtaklar rang olar turli gullardan,
Suvda aksi tushgan oyu yulduzni.
Sevaman, ko‘l yoni oq, pushti yaproq,
Yomg’ir shu’lasida kamalak chiqsa.
40
41
Qirda qizg’aldoqlar ochilsa ko‘proq,
Tog’ bag’ri yonida quyosh porlasa.
Sevaman bahorim, sevaman dildan,
Jannat iforlari gulu rayhonni,
Jismu jonim bilan sevaman chindan,
Qalbimni tark etmas go‘zal bahorni!
TONG Erta tongda toza havo,
Tuman tutmas olamni.
Charaqlagan quyosh bobo,
Yoqimli qilar tongni.
Gohida esib shamol,
Unga ilhom bag’ishlar.
Qushlarning chug’uridan,
Boshlanar tonggi ishlar.