Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


J ullayeva Sitora Ismoil qizi 2007-yil 4-aprelda


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
sherlar

J
ullayeva Sitora Ismoil qizi 2007-yil 4-aprelda 
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud 
topgan. 
Hozirda tumandagi 11-umumta’lim maktabining 
9-sinfida tahsil olmoqda. She’rlari “Suyunchi”(2023) 
nomli yoshlar bayozidan o‘rin olgan.
VATAN
Men tug‘ilgan ul vatan,
Jannatmakon hur vatan.


22
23
Ko‘zga surtsam arziydi,
Har hovuchi dur vatan 
Osmoni sof, musaffo,
Tinchlikka ustun vatan.
Sen borsanki, men borman,
Bag’rim ham butun vatan.
ZULFIYAXONIM QIZIMAN
Har bahorda quvonaman,
Yayrar dilim shodlanib.
Zulfiyaning she’rlarida,
Turar vafo zorlanib.
Har satrida sadoqat bor,
Ibrat to‘la so‘zida.
Sof muhabbat balqib turar,
Uning ma’yus yuzida.
Men­chi unga havas ila,
Tebratib qo‘lda qalam.
Ijod qilsam baxtga to‘lib 
Erib ketar dildan g’am.
Ota­onam erkasiman,
Har bir bosgan iziman.
Iftixorim, g’ururim tog’
Baxtiyor yurt qiziman.
O‘ZBEKISTON
Har qarich yeringda obodlik,
Ko‘zlarim quvonchdan porlaydi.
O‘zbegim, o‘zingsan o‘zligim,
Seningsiz tol’eyim kulmaydi.
Yurtboshim bizlarga madadkor,
Har ishda hamisha qo‘llaydi.
E’tibor va yuksak ishonchdan,
Hattoki cho‘llar ham gullaydi.
Alishmam ming turli boylikka,
Qalbimda sadoqat yashaydi.
Xalqimning ishonchin oqlashga,
Har lahza sof sevgim undaydi!
ORZU
Qalbimda bor bitta orzuyim,
Albat oshar bir kun amalga.
Onajonim qo‘llarin tutib,
Olib borgum Hajga safarga.
Ko‘zlarimdan oqib yoshlarim,
Bor gunohdan bo‘lsaydim xalos.
Duogo‘yim rozi bo‘lsalar,
Shu eng katta orzuyim xolos.


24
25

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling