A bduraimova Nargiza Ulug’bek qizi 2008-yil 27-yanvarda Sirdaryo viloyati Boyovut tumani- da tavallud topgan. Hozirda tumandagi 11-maktabning 8-sinf o‘quvchisi. IFTIXOR O‘zbekiston go‘zal diyor,
Har go‘shada totuvlik bor.
Madhin kuylab tolmagayman,
Yuragimda so‘zlar bisyor.
Men shu yurtning dilbandiman,
Joniga jon payvandiman.
Baxtlilarning eng baxtlisi,
Mustaqil yurt farzandiman.
HAYOT Ba’zida ko‘nglingni to‘ldirar hayot,
Ba’zida sababsiz kuldirar hayot.
Dunyoning ishlarin tushunolmayman,
Ba’zan umid gulin so‘ldirar hayot.
Yuragim quvonchga ko‘mar gohida,
Kuchli sinov ila sinar gohida.
Harakatdan tolmay odimlab yursam,
Meni baxtdan baxtli qilar gohida.
A bduhakimov Nurali Abdumajid o‘g’li 2009-yil 11-martda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 11-maktabning 7-sinf o‘quvchisi. She’rlari “Ma’rifat va yoshlar” gaze- tasi hamda “Suyunchi”(2023) nomli yoshlar bayozidan o‘rin olgan. VATAN Bog’laringdan kelar bulbul ovozi,
Xush yoqar ko‘ngilga gulu rayhonlar.
Baxtim poydevori, ona diyorim,
Senga fido bo‘lsin ming bitta jonlar.
Qalbim tubtubiga joylangan,Vatan,
Muqaddas dargoh deb saylangan,Vatan.
Sen mening borlig’im, so‘nmas bahorim,
Jonim ichra jonga aylangan, Vatan.
28
29
AKAM BOR Yoshlikdan birga o‘sgan,
Tayanch bo‘lgan akam bor.
Gar qoqilsam bexosdan,
Suyanch bo‘lgan akam bor.
Xafa bo‘lganimda goh,
Yupatguvchi akam bor.
Gar adashsam to‘g’ri yo‘l,
Ko‘rsatguvchi akam bor.
Hamisha sog’salomat,
Bo‘lsin doim omad yor.
Yaxshiyam bu dunyoda,
Mehribonim akam bor.