Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 149.84 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 77 w www.oriens.uz April 2021 Isroilda soliqning asosiy stavkasi 17 foiz, eksportga esa 0 foiz belgilangan. Ushbu mamlakatda QQS pasaytirilgan stavkasini qo‘llashning boshqa davlatlarda uchramaydigan amaliyoti mavjud. Xususan, notijorat tashkilotlar ish haqi fondining 7,5 foizi miqdorida, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar esa foyda va ish haqi fondining 17 foizi miqdorida QQS to‘laydi. Yaponiyada QQS muqobili hisoblanmish iste’mol solig‘ining stavkasi 2019 yil 1 oktyabriga qadar 8 foizni tashkil qilar edi. SHu sababli, eksport uchun belgilangan nolli stavkani hisobga olmaganda ushbu soliqning boshqa stavkalari amal qilmagan. Asosiy stavkaning 10 foiz qilib belgilanishi YAponiyada ham iste’mol solig‘ining imtiyozli stavkasi joriy qilinishiga sabab bo‘ldi. Hozirda bunday stavka oziq-ovqat mahsulotlariga (restoranlardan tashqari) hamda haftasiga kamida ikki marta nashr etiladigan gazetalar obunasiga nisbatan tatbiq etiladi. YUqoridagilardan ko‘rinadiki, QQS differensial stavkalarining tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanilishi mamlakatlar bo‘yicha turlichadir. YA’ni, har bir davlat o‘zining ichki ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqib, qaysidir tovar yoki xizmat turlariga QQSning imtiyozli yoki oshirilgan stavkasini qo‘llashga ustuvorlik beradi. SHunday bo‘lsada, ko‘rib chiqilgan va boshqa mamlakatlarda QQSning pasaytirilgan stavkalari asosan quyidagi tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanilishini ta’kidlash mumkin: - birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; - farmatsevtika mahsulotlari; - kitoblar, gazetalar va boshqa davriy nashrlar; - nogironlar uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlar; - aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar; - aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari; - jamoat transporti xizmatlari; - ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish xizmatlari; - mehmonxona, restoran va umumiy ovqatlanish xizmatlari; Bundan tashqari, o‘rganib ko‘rilgan davlatlarning qariyb barchasida eksportga QQSning nolli stavkasi qo‘llaniladi. Download 149.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling