Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 499.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 70 w www.oriens.uz April 2021 maqsadlari saqlanib qoladi va QQS daromadga nisbatan kamroq regressivlik kasb etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, QQSning ko‘p stavkali tuzilmasi soliq ma’murchiligi yukini, shu jumladan biznes sohasi uchun QQSni nazorat qilish xarajatlarini oshiradi [5]. 5 Bundan kelib chiqadiki, Evropa mamlakatlarida ayrim tovar va xizmatlarni QQSdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: Birinchidan, siyosiy sabablar mavjudligi. Hukumatlar jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan ijtimoiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarga (sog‘liqni saqlash, xayriya, ta’lim va shu kabilar) soliq solish orqali o‘zlariga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni yuzaga keltirishni istamaydi. Bundan tashqari, davlatlar ortiqcha ma’muriy yuk bilan tadbirkorlikni bo‘g‘ib qo‘yishga yo‘l qo‘ymaslik uchun kichik biznesga ham QQSdan imtiyozlar berishni nazarda tutadi. QQSdan ozod qilish amaliyotining ikkinchi sababi ma’lum bir turdagi xizmatlarga ushbu soliqni qo‘llashning maqsadga muvofiq emasligidir. Masalan, moliyaviy xizmatlar (shu jumladan, sug‘urta) sohasida sof qo‘shilgan qiymatni aniqlashning qiyin bo‘lganligi bu sohada QQSni adolatli aniqlash va undirishni inkor etadi. Ma’lumki, Laffer egri chizig‘i konsepsiyasiga ko‘ra, stavkalar qanchalik baland bo‘lsa, soliqlarni to‘lashdan bosh tortish yoki oxir-oqibat biznesni yopish uchun moyillik shunchalik katta bo‘ladi [6]. 6 YA’ni, yuqori soliqlar (shu jumladan, QQS) sharoitida marginal soliq tushumlarini kamaytirish qonuni amal qiladi – soliq stavkalari oshib borishi bilan tushumlar o‘sishi sekinlashib boradi. QQS yuki ham tadbirkorlik faoliyati va soliq tushumiga albatta ta’sir qiladi. CHunki, QQS biznes daromadlarining bir qismini dastlabki bosqichdayoq kesib oladi. Umuman, egri soliqlarning hajmi va murakkabligi korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga juda seziladi. CHunki, bunday korxonalar uchun soliqni to‘lash xarajatlari yirik korxonalarga nisbatan ancha yuqori shakllanadi. Bundan tashqari, kichik va o‘rta korxonalar QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan eng kam tovar aylanmasi chegarasidan pastroqda ishlaydigan va QQS to‘lamaydigan mayda biznes sub’ektlarining bevosita raqobatchisi hisoblanadi [7]. 7 5 Barrel, R., Weale, M., The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, 2009, pp.1-12 6 Laffer A.B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765. 2004, pp. 2-16. 7 Petr Mach, VAT Rates and their Impact on Business and Tax Revenue, European Research Studies Journal, Volume XXI, Issue 1, 2018, pp. 144-152 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling