Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 499.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 72 w www.oriens.uz April 2021 - savdo effekti – pasaygan QQS sharoitida kishilarning uzoq vaqt mobaynida buzilmaydigan tovarlarni arzonroq narxlarda sotib olish holati kuchayishi hisobiga tovarlar savdosi rivojlanadi. 10 Soliq ma’murchiligining murakkabligi va yukining og‘irligiga qaramay, agar QQS stavkasi optimal darajada o‘rnatilsa, qat’iy tartibga rioya qilish va hamkorlarni to‘g‘ri tanlash orqali kichik biznes sub’ektlari ham QQS mexanizmidan maksimal darajada manfaat ko‘rishlari mumkin [11]. 11 QQSning pasaytirilgan stavkalariga bo‘lgan ehtiyoj bir qator turli xil sabablardan kelib chiqadi. Xususan, pastroq inflyasiya bosimi bunday sabablarning asosiylaridan hisoblanadi. Bu esa narxlar pasayishi va uning natijasi o‘laroq yuzaga keladigan bandlikning ko‘payishi bilan asoslanadi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, ushbu voqeliklar faqat yuqori raqobat muhitida amalga oshadi. Monopol iqtisodiy sharoitda esa bu holat aksincha salbiy effektni yuzaga keltirishi mumkin. Stavkalar pasaygani bilan bozor bosimining yo‘qligi (etarli emasligi) sabab narxlar darajasining pasayishi ro‘y bermaydi. Bu esa soliq yuki tarkibi buzilishi va uning adolatsiz taqsimlanishini yuzaga keltiradi [12]. 12 Boshqa nuqtai nazardan qaraganda, QQS past stavkalarining ishlab chiqarish va bandlikka ta’sir kuchi asosan iste’molchilarning narxlar pasayishiga bo‘lgan munosabati va tarmoq ichidagi raqobat darajasiga bog‘liq. Agar iste’molchilarning narxlar pasayishiga bo‘lgan reaksiyasi kuchsiz (iste’mol talabi narxga nisbatan noelastik) bo‘lsa, ishlab chiqarish va bandlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshmaydi. Bu odatda asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlariga taalluqli bo‘ladi. Agar iste’molchilarning narx o‘zgarishiga munosabati kuchli (iste’mol talabi narxga nisbatan elastik) bo‘lsa, ishlab chiqarish va bandlik sezilarli darajada oshishi mumkin. Bu holat asosan hasham mahsulotlarga xosdir [13]. 13 Aksariyat davlatlar byudjet daromadlarining katta qismi QQS hisobiga shakllansada, stavkalarni tovar va xizmat turlari bo‘yicha tabaqalashtirish mexanizmi ko‘proq rivojlangan yoki barqaror institutsional muhitga ega bo‘lgan mamlakatlar soliq tizimlarida yaxshi samara beradi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda soliqlarni yig‘ish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish darajasining sustligi bilan izohlanadi [14]. 14 10 Barrel, R., Weale, M. (2009) The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, Discussion Paper No 325, pp.1-12 11 Panno, J.M. (2011) A Value Added Tax in the United States: What it Could Mean for Small Business Owners. Ohio State Entrepreneurial Business Law Journal, Vol. 6:1, pp. 329- 360. 12 Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European Commission, 2011 13 Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European Commission, 2011 14 Richard M. Bird and Eric M. Zolt Redistribution Via Taxation: The Limited Role of the Personal Income Tax in Developing Countries, 2014 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling