Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 499.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 75 w www.oriens.uz April 2021 va mahalliy baliq ovlash, bolalar uchun ba’zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish (shu jumladan, import) faoliyatiga 10 foizni tashkil etadi. Biroq, Rossiyadan farqli o‘laroq, Belorusiyada barcha aloqa xizmatlari uchun QQSning oshirilgan 25 foizlik stavkasi qo‘llaniladi. Xitoyda QQSning asosiy stavkasi 13 foiz. Biroq, ta’kidlash joizki, bu davlatda QQSning differensial stavkalari yuqorida ko‘rib chiqilgan davlatlardagi holatdan tarkib va sifat jihatdan sezilarli farq qiladi. Birinchidan, nolli stavka faqat eksportga emas, balki ilmiy-tadqiqot ishlari, energiya samaradorligini oshirish faoliyati, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, radio, kino va televizion dasturlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, ofshor autsorsing xizmatlari uchun ham ko‘zda tutilgan. Ikkinchidan, kichik biznes vakillari uchun 3 foizli stavka belgilangan. Biroq, bunda kirim qilingan QQS summasi hisobga olinmaydi. Aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar (lizingdan tashqari), maishiy xizmatlarga hamda nomoddiy mulkni (erdan foydalanish huquqidan tashqari) sotishga QQSning 6 foizli stavkasi belgilangan. Birinchi darajali ehtiyoj tovarlariga (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, suv, gaz va boshqalar), mehmonxona, restoran, umumiy ovqatlanish, telefon aloqasi, pochta, transport va logistika xizmatlariga, ko‘chmas mulk sotilishi va qurilish faoliyatiga QQSning 9 foizli stavkasi amal qiladi. Malayziyada QQSning bazaviy stavkasi 10 foiz, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, neft moylari, qurilish materiallari, axborot texnologiyasi, matbaa texnik vositalari va materiallari uchun 5 foiz, restoran, mehmonxona, turar joy, avtomobillarni ijaraga berish va ta’mirlash, sug‘urta, yuridik, buxgalteriya va biznes konsalting xizmatlariga, ichki aviaqatnovlar, elektr energiyasi, telekommunikatsiya va pullik televideniya uchun 6 foizni tashkil qiladi. SHu bilan birga, Malayziyada 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bir marta undiriladigan savdo va xizmatlarga solinadigan soliq amal qiladi. Aholisining daromadlilik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan Avstriya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Isroil va YAponiyada QQS stavkalari tabaqalashuvini ko‘rib chiqamiz. Avstriyada QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz belgilangan. Quyidagi tovar va xizmatlarga 10 foizli stavka o‘rnatilgan: - oziq-ovqat va ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; - farmatsevtika mahsulotlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun gullar va o‘simliklar; - bosma va elektron kitob mahsulotlari, gazeta va boshqa davriy nashrlar; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling