Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 499.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana31.03.2023
Hajmi499.7 Kb.
#1311821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
77 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Isroilda soliqning asosiy stavkasi 17 foiz, eksportga esa 0 foiz belgilangan. 
Ushbu mamlakatda QQS pasaytirilgan stavkasini qo‘llashning boshqa davlatlarda 
uchramaydigan amaliyoti mavjud. Xususan, notijorat tashkilotlar ish haqi fondining 
7,5 foizi miqdorida, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar esa foyda va ish haqi 
fondining 17 foizi miqdorida QQS to‘laydi. 
Yaponiyada QQS muqobili hisoblanmish iste’mol solig‘ining stavkasi 2019 yil 
1 oktyabriga qadar 8 foizni tashkil qilar edi. SHu sababli, eksport uchun belgilangan 
nolli stavkani hisobga olmaganda ushbu soliqning boshqa stavkalari amal qilmagan. 
Asosiy stavkaning 10 foiz qilib belgilanishi YAponiyada ham iste’mol solig‘ining 
imtiyozli stavkasi joriy qilinishiga sabab bo‘ldi. Hozirda bunday stavka oziq-ovqat 
mahsulotlariga (restoranlardan tashqari) hamda haftasiga kamida ikki marta nashr 
etiladigan gazetalar obunasiga nisbatan tatbiq etiladi. 
YUqoridagilardan ko‘rinadiki, QQS differensial stavkalarining tovar va xizmat 
turlariga nisbatan qo‘llanilishi mamlakatlar bo‘yicha turlichadir. YA’ni, har bir davlat 
o‘zining ichki ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqib, qaysidir tovar yoki xizmat 
turlariga QQSning imtiyozli yoki oshirilgan stavkasini qo‘llashga ustuvorlik beradi. 
SHunday bo‘lsada, ko‘rib chiqilgan va boshqa mamlakatlarda QQSning 
pasaytirilgan stavkalari asosan quyidagi tovar va xizmat turlariga nisbatan 
qo‘llanilishini ta’kidlash mumkin: 
- birinchi darajali oziq-ovqat mahsulotlari
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; 
- farmatsevtika mahsulotlari; 
- kitoblar, gazetalar va boshqa davriy nashrlar; 
- nogironlar uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlar
- aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar; 
- aloqa va telekommunikatsiya xizmatlari; 
- jamoat transporti xizmatlari; 
- ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish xizmatlari; 
- mehmonxona, restoran va umumiy ovqatlanish xizmatlari
Bundan tashqari, o‘rganib ko‘rilgan davlatlarning qariyb barchasida eksportga 
QQSning nolli stavkasi qo‘llaniladi. 

Download 499.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling