Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 499.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana31.03.2023
Hajmi499.7 Kb.
#1311821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
76 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
- suv ta’minoti, kanalizatsiya va chiqindi suvlarni tozalash, maishiy chiqindilarni 
olib ketish xizmatlari; 
- ichki transport (aviaparvozdan tashqari), xalqaro va ichki jamoat hamda temir 
yo‘l transporti; 
- kabelli va litsenzion televideniya 
- ijtimoiy xizmatlar, yozuvchilar va bastakorlar xizmatlari; 
- restoran xizmatlari (ichimliklardan tashqari). 
Quyidagi tovar va xizmatlarga 13 foizli stavka o‘rnatilgan: 
- ichki aviareyslar; 
- sport, madaniy tadbirlar va istirohat bog‘lariga kirish chiptalari; 
- yog‘och va ba’zi qishloq xo‘jalik mollari; 
- vino mahsulotlari (uzumzorning o‘zida tayyorlab sotiladigan); 
- hayvonlar, dekorativ foydalanish uchun gullar va o‘simliklar.
Fransiyada QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz va eksportga 0 foizni tashkil etadi. 
Transport vositalarini ijaraga berish, madaniyat, san’at va sport xizmatlari, elektron 
va telekommunikatsiya xizmatlari, tovarlarni yuk transportida tashish kabi 
xizmatlarga 2,1 foiz, kitoblar, oziq-ovqat mahsulotlari, gaz va elektr energiyasi, 
nogironlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 5,5 foiz, dori-darmon mahsulotlarining 
ayrim turlariga va transport xizmatlariga 10 foizlik imtiyozli stavkada soliq solinadi. 
Germaniyada QQSning standart stavkasi 19 foiz bo‘lib, imtiyozli stavka tatbiq 
etiladigan tovar va xizmatlar qamrovi keng emas. Xususan, eksport uchun 0 foiz, 
kitoblar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun 7 foizli pasaytirilgan stavka o‘rnatilgan. 
Vengriyada QQSning asosiy stavkasi Evropaning boshqa mamlakatlariga 
nisbatan ancha yuqori, ya’ni 27 foizni tashkil qilsada, tovar va xizmatlarning keng 
qamroviga imtiyozli stavkalar nazarda tutilgan. Xususan, eksportga 0 foiz, sut, don, 
un va kraxmal mahsulotlari, tijorat turar joy xizmatlari, musiqa va raqs tadbirlarini 
tashkillashtirishga 5 foizli stavka qo‘llaniladi. Quyidagi tovar va xizmatlarga esa 18 
foizli QQS amal qiladi: 
- ayrim farmatsevtika mahsulotlari; 
- chorvachilik mahsulotlari (cho‘chqa, qo‘y, echki, qoramol kabi jonli va qayta 
ishlangan yirik hayvonlar); 
- yangi turar-joy ko‘chmas mulki; 
- audio va bosma nashrlar; 
- markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari; 
- jonli ijro bo‘yicha ayrim tadbirlar
- internetga ulanish; 
- mahalliy ovqatlanish xizmatlari. 



Download 499.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling