Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 499.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 73 w www.oriens.uz April 2021 Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, QQSning pasaytirilishi yoki imtiyozli stavkalarining kiritilishi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega yuqori texnologiyali sanoatni rag‘batlantiradi. Natijada, ishlab chiqaruvchilar innovatsion faolligining ortishi orqali raqobat muhiti kuchayadi. SHu bilan birga, u yoki bu tarmoqning samaradorlik darajasini oshirish aholi daromadlaridagi keskin farqlanishga olib kelmasligini ta’minlash hukumatlar oldida turgan muhim siyosiy va iqtisodiy vazifa hisoblanadi [15]. 15 MUHOKAMA VA NATIJALAR Hozirda dunyoning 170 ga yaqin davlatida QQS yoki uning o‘rnini bosuvchi (o‘xshash) iste’mol soliqlari amal qiladi. Differensial stavkalar ko‘proq QQSning yuqori bazaviy stavkasi amal qiladigan Evropa mamlakatlariga xos bo‘lsada dunyoning boshqa davlatlari soliq tizimlarida ham ko‘p uchraydi. QQSning differensial stavkalari mamlakatlar bo‘yicha pasaytirilgan (imtiyozli, shu jumladan nolli) va oshirilgan stavkalar tarzida amal qiladi. Xususan, QQS mavjud 167 ta davlatdan 99 tasida ushbu soliqning pasaytirilgan stavkalari (0 foizli stavkani hisobga olmaganda) o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 41 tasi yuqori daromadli (high-income economies), 24 tasi o‘rtachadan yuqori daromadli (upper-middle- income economies) va qolgan 24 tasi kam (low-income economies) yoki o‘rtachadan past daromadli (lower-middle income economies) mamlakatlar sirasiga kiradi. Bundan tashqari, 23 ta davlatda QQSning oshirilgan stavkasi ham amal qiladi [16] 16 . QQS differensial stavkalarining qanday tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanilishini mamlakatlarning aholi daromadliligi darajasi bo‘yicha tanlanma ravishda ko‘rib chiqamiz [17] 17 . Dastlab, kam va o‘rtachadan past daromadli mamlakatlar sirasiga kiruvchi Tojikiston, Hindiston, Moldova va Ukrainada o‘rnatilgan QQS stavkalari holatini tahlil qilamiz. Tojikistonda QQSning bazaviy stavkasi 18 foiz bo‘lgani holda eksportga 0 foiz, xususiy ta’lim muassasalariga 5 foiz va umumiy ovqatlanish ob’ektlarini qurish faoliyatiga 7 foizli pasaytirilgan stavkalar amal qiladi. Hindistonda ham QQSning asosiy stavkasi 18 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz, oziq- ovqat mahsulotlari va mineral o‘g‘itlarga 5 foiz, meva sharbatlari, dori-darmon va qog‘ozga 12 foizli pasaytirilgan stavkalar o‘rnatilgan. SHu bilan birga, Hindistonda hasham va iste’molchiga zarar etkazuvchi tovarlar, shu jumladan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun QQSning oshirilgan stavkasi 28 foizlik stavkasi qo‘llaniladi. 15 The use of differential VAT rates to promote changes in consumption and innovation, final report, European Commission, 2008 16 https://datahelpdesk.worldbank.org/knowledgebase/articles/906519-world-bank-country-and-lending-groups 17 https://www.avalara.com/vatlive/en/vat-rates/international-vat-and-gst-rates.html |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling