Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 499.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 69 w www.oriens.uz April 2021 hamda xizmatlarga nisbatan imtiyozli (pasaytirilgan) stavkalari amal qilishi lozim. SHu maqsadda QQSning nazariy asoslari va xalqaro tajribani tadqiq etish orqali O‘zbekistonda ma’lum bir tovar va xizmat turlariga mazkur soliqning imtiyozli stavkalarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Shu paytga qadar ilmiy manbalarda QQSni joriy qilish yoki uning mexanizmini takomillashtirish borasida turli xil, hatto bir-biriga teskari qarashlar shakllanib kelmoqda. Xususan, Krugman va Feldshten ishida QQSning soliqlarni yig‘ish samaradorligini oshirish uchun qulay vosita ekanligi, u orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi ta’kidlanadi [3] 3 . QQS stavkasi o‘zgarishining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish quyidagilarga qarab tasniflanishi mumkin: narxlar, iste’mol, ishlab chiqarish hajmlari, bandlik, aholi farovonligi, ijtimoiy tengsizlik va iqtisodiy o‘sish. Ushbu soliqning xalqaro amaliyotda samarali soliq sifatida tan olinganligiga qaramasdan, ayrim ishlarda uning salbiy tomonlari ham ko‘rsatiladi. Jumladan, QQS inflyasiya o‘sishiga, iste’mol, investitsiyalar va jamg‘armalarning pasayishiga bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatishi va shu orqali makroiqtisodiy barqarorlikni yomonlashtirishi aytiladi [4]. 4 QQS bilan bog‘liq bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan asosiy muammolardan biri, bu – mazkur soliqning yagona yoki differensial stavkali mexanizmini qo‘llash masalasidir. Bu kabi munozaralarda, odatda, QQSning pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari qo‘llanilishi qanchalik ahamiyatli va asosliligi haqida so‘z boradi. Barrel va Uilning ta’kidlashicha, QQS bo‘yicha yagona stavkaning amal qilishi ishlab chiqarish sub’ektlariga (sotuvchilarga) nisbatan mutanosib bo‘lishi mumkin, lekin iste’molchilar daromadiga nisbatan ushbu soliq regressiv xarakter kasb etadi. YA’ni, aynan bir xil (o‘xshash) tovar va xizmatlar “savati” uchun aholining yuqori daromadli toifasi kam daromadli guruhga nisbatan daromad foizida QQSni kamroq to‘laydi. Aynan mana shu holat Evropa amaliyotida differensial mexanizmga (tabaqalashtirilgan stavkalarga) ega QQSni joriy etishning asosiy sabablaridan biridir. Biroq, bunda QQSning pasaytirilgan stavkalari ta’sir doirasini aniq belgilab olish kerak. YA’ni, past daromadli aholi qatlamining iste’mol savati tarkibida nisbatan muhim (birlamchi) bo‘lgan tovarlar va xizmatlargagina pasaytirilgan stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. SHu tariqa soliq mexanizmining teng taqsimot 3 Martin S. Feldstein, Paul R. Krugman, International Trade Effects of Value-Added Taxation, 1992 4 Iris ClauIs, The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument, 2013 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling