Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Download 499.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana31.03.2023
Hajmi499.7 Kb.
#1311821
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish (1)

XULOSA VA TAKLIFLAR 
1. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan soliq islohotlari qator ijobiy 
natijalarni berayotgan bo‘lsada, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, QQS yuki bilan bog‘liq hal 
qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Xususan, QQS to‘lovchilari qamrovini 
kengaytirishga soliqning stavkasini isloh qilmasdan turib kirishilishi inflyasiyaning 
kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, uzoq yillar mobaynida yagona soliq 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
78 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
to‘lashga ko‘nikkan aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari yuzaga kelgan QQS 
muammosidan qutulish uchun o‘z tushumini yashirish choralarini ko‘ra boshladi. 
2. Daromad solig‘ining nol stavkasi va ko‘plab imtiyozlari bekor qilingani, QQS 
islohotlari bilan birga olganda, soliq siyosatining faqat fiskal yo‘naltirilayotganidan 
dalolat beradi. Biroq, to‘laqonli soliq siyosati soliqning nafaqat fiskal funksiyasi
balki bir paytning o‘zida iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari uyg‘unlikda ishlashini ham 
ta’minlay olishi lozim. 
3. Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni 
ko‘rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi 
to‘laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar 
hamda xizmatlarga nisbatan pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari amal qilishi lozim. 
4. Ilmiy va amaliy davralarda QQS bilan bog‘liq bahs-munozaralarga sabab 
bo‘lib kelayotgan asosiy muammolardan biri, bu – mazkur soliqning yagona yoki 
differensial stavkali mexanizmini qo‘llash masalasidir. Bu kabi munozaralarda
odatda, QQSning pasaytirilgan stavkalari qo‘llanilishi qanchalik ahamiyatli va 
asosliligi haqida so‘z boradi. Adabiyotlarda ta’kidlashicha, QQS bo‘yicha yagona 
stavkaning amal qilishi ishlab chiqaruvchilarga nisbatan mutanosib bo‘lishi mumkin, 
lekin iste’molchilar daromadiga nisbatan regressiv xarakter kasb etadi. 
5. QQS yuki ham tadbirkorlik faoliyatiga albatta ta’sir qiladi. CHunki, QQS 
biznes daromadlarining bir qismini dastlabki bosqichdayoq kesib oladi. Umuman, 
egri soliqlarning hajmi va murakkabligi korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli 
darajada ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga juda seziladi. 
CHunki, bunday korxonalar uchun soliqni to‘lash xarajatlari yirik korxonalarga 
nisbatan ancha yuqori shakllanadi. 
6. QQS past stavkalarining ishlab chiqarish va bandlikka bo‘lgan ta’siri asosan 
iste’molchilarning o‘zini tutishi va iqtisodiyotdagi raqobat darajasiga bog‘liq. Agar 
iste’molchilarning narxlar pasayishiga bo‘lgan reaksiyasi kuchsiz (iste’mol talabi 
narxga nisbatan noelastik) bo‘lsa, islohotlardan yaxshi natija kutib bo‘lmaydi. 
Aksincha, ya’ni iste’mol talabi narxga nisbatan elastik bo‘lsa, ishlab chiqarish va 
bandlik sezilarli darajada oshishi mumkin. SHu sababli, QQS stavkalarini isloh 
qilishdan oldin mamlakatda sog‘lom raqobatni shakllantirish lozim. 
7. QQS differensial stavkalarining tovar va xizmat turlariga nisbatan 
qo‘llanilishi mamlakatlar bo‘yicha turlicha bo‘lsada, bu borada ma’lum bir 
umumiylik mavjud. Qariyb barcha davlatlarda ushbu soliqning imtiyozli stavkalari 
asosan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika mahsulotlari, nogironlar uchun 
mo‘ljallangan tovarlar, kitoblar va davriy nashrlarga, shuningdek, pochta, aloqa, 



Download 499.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling