Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet19/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
72-mashq. Тopishmoqlarni o‘qing, javobini toping.
1. Olamda-yu odamda bitta, Odoblida ikkita.
2. Chiziladi ko‘kda qalamsiz,Har xil bo‘yoq, rassomsiz.
Ko‘chiring. So‘z yasovchi va so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimcha olgan so‘zlarni aniqlang. Asos va qo‘shimchalarni tegishlicha belgilang


MMIBDO`:________ ____________________________

SANA____________ 2020 yil 4-sinf O’QISH
Mavzu:Donishmand ustoz
Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomil-lashtirish, lug'at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga uni qadrlashga o'rgatish. Prezidentimizning "Bolalar - bizning kelajagimiz" gapining ma'nosini anglashlariga erishish.
Rivojlantiruvchi: to'g'ri, ongli, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish.TK:Ijtimoiy faolfuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo’layotgan voqea,hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og’zaki bayon qila oladi;
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi,asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o’qilgan asardagi savollarga javob bera oladi.Darsning jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, AKT
Metod: izohli o'qish metodi, didaktik o'yin, muommoli izlanish, interaktiv metodlar.
Darsning borishi.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: (3 daqiqa) a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash; c) Davomatni aniqlash;
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa). a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi.
b) Tezkor savollar: Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar:
1. Ibn Sino shogirdlarini qanday sinab ko‘radi? 2. U kambag‘al kishining o‘g‘lini nima uchun shogirdlikka oladi?
III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
Abu Ali ibn Sinoning qo‘lida ta’lim olish, unga shogird bo‘lish benazir sharaf sanalardi. Kunlardan bir kun ikki ota — biri katta boy, ikkinchisi kambag‘al odam o‘g‘illarini
Abu Ali ibn Sinoga shogirdlikka bermoqchi bo‘lishdi.
— Ey, ulug‘ tabib, huzuringizga bolalarimizni olib keldik. Ularni tarbiyangizga olib, shogirdlikka qabul qilsangiz. Zora, sizga o‘xshab tabib bo‘lib yetishsalar, —deyishibdi.
Ibn Sino rozilik bildirib, ularni sinab ко‘rib, shogirdlikka olishini aytibdi. Ibn Sino, odatda, kim shogird tushmoqchi bo‘lsa, oldin sinovdan o‘tkazar, so‘ng tabiblikilmini o‘rgatar edi.
Bolalarim, — dedi ulug‘ hakim kelgan yigitchalarga qarab. — Tog‘-u toshlarni kezing, cho‘l-u biyobonlar oralang. Har biringiz ming donadan o‘t-giyoh terib kelingiz...
Ibn Sino shunday dedi-da, har birining qo‘liga xalta tutqazdi. Oradan bir necha kun o‘tdi. Bolalardan biri kelib, yig‘gan giyohlarini Abu Ali ibn Sinoning oldiga to‘kdi. Hammasi shifobaxsh giyohlar edi. Buni ko‘rgan Abu Ali ibn Sino quvonib so‘radi:— Barakalla, o‘g‘lim, eng sara giyohlarni teribsan. Endi bir savolimga javob bersang. Qani, ayt-chi, oyoq qabarishiga nima davo bo‘ladi?
— Mening tabiblikdan xabarim yo‘q, — debdi bola.— Sizga endi shogird tushdim-ku.
Ibn Sino: «Shu o‘n kun orasida nabotot ichida yurib, tabiblikdan alifni o‘rganmabsanmi, sendan tabib emas, olibsotar chiqadi», debdi ko‘nglida. So‘ng ovozini chiqarib:— Senga javob, o‘g‘lim, ketaver. Borib olibsotarga shogird bo‘l, — dedi.
Oradan bir kun o‘tgach, kambag‘al kishining o‘g‘li kelib, to‘plagan o‘tlarini hakimning oyog‘i ostiga to‘kdi. Ibn Sino juda xursand bo‘lib: — Barakalla, bo‘tam, qani, menga ayt-chi, oyoq qabarganiga nima davo bo‘ladi? — deb so‘radi. — Yovvoyi rayhon yoxud yalpizni suvda ivitib, ozgina toshtuzdan qo‘shib, yuvish kerak, — javob qildi bola.— Cho‘l-u biyobonda qolding-u, suv topolmading deylik, chanqoqlikni nima bilan qondirish mumkin? —yana savolga tutdi Abu Ali ibn Sino bolani.— Yantoqning suvi chanqoqni qondiradi ham darmon bo‘ladi, — dadil javob berdi bola.— Rahmat, o‘g‘lim, sen endi menga shogirdgina emas, farzand ham bo‘lding!
IV. Mustahkamlash.
1. Ibn Sino shogirdlarini qanday sinab ko‘radi?
2. U kambag‘al kishining o‘g‘lini nima uchun shogirdlikka oladi?
V.Uyga vazifa: matnni o’qish.
VI.Dars yakuni. O’quvchilar bilimi baholanadi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling